×

7, 8, 9-sinf oʻquvchilari uchun xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik koʻrishga yordam beruvchi grant eʼlon qilindi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3690 marta

CHOP ETILGAN

01.04.2021

Matematika va informatika sohasida yangi talantlarni kashf etish, ularni xalqaro olimpiadalarga olib chiqish, kelajak kadrlarini tayyorlash uchun yangi grant loyihasi eʼlon qilindi.

Loyihaning asosiy maqsadi – IMO va IOI kabi xalqaro olimpiadalar oʻzbek yoshlarini olib chiqishdir. Loyiha butun Oʻzbekistondan 7, 8, 9-sinf oʻquvchilari uchun tashkil qilingan.

Loyihaga saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Matematika yoʻnalishi:

1. Birinchi bosqich: 30 test ikki soat vaqt beriladi. (Oflayn tarzda har bir viloyatda olib boriladi).
2. Ikkinchi bosqich: suhbat va masala ishlash. (Oflayn tarzda Toshkentda oʻtkaziladi).

Informatika:

1. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (onlayn tarzda butun respublika boʻylab olib boriladi).
2. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (oflayn tarzda Toshkent shahrida oʻtkaziladi).

Loyiha gʻoliblari nimaga ega boʻlishadi:

  • Aynan IMO va boshqa xalqaro musobaqalarda medal olgan, yillar davomida oʻquvchilarni turli olimpiadalarga tayyorlab kelayotgan oʻqituvchilardan bepul taʼlim olishadi. Darslar haftada olti kun olib boriladi.
  • Ular GP 200 aʼzosiga aylanishadi va Toshkent shahridagi nufuzli maktablardan biridan mutlaqo bepul oʻqishadi, loyiha aʼzolari uch yulduzli mehmonxonada yashashadi, ularning yashash, yeb-ichish, hatto kiyim-kechak xarajatlarigacha barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.
  • Xalqaro olimpiada uchun saralash bosqichidan oʻtgan oʻquvchilarning aviachipta, olimpiada oʻtkazilayotgan davlatda yashash xarajatlarining ham barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.
  • IMO, IOI olimpiadasida medal olish darajasiga borgan oʻquvchilarni dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun 100 foizlik grantni qoʻlga kiritishadi.

Bu loyihada kimlar qatnashishi mumkin: Asosiysi matematika va informatikaga qiziqishi, talanti bor, oʻzining buyuk ishlarga qodir ekanligini tushunib yetgan, bilim olishga chanqoq 7,8,9-sinf oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Loyihada ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shaklini toʻldirish lozim.

Loyiha bosh tashabbuskori: asaxiy.uzasaxiy.uz internet-doʻkoni.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!