Germaniyadagi Beuth Hochschule Fur Technik Berlin universiteti Institute of Distance Learning boʻlimi oʻzining anʼanaviy International Summer School ARS (Architecture – Reurbanization – Sustainability) yozgi maktabida qatnashish uchun arizalar qabul qilmoqda. Virtual yozgi maktabning bu yilgi mavzusi Sustainable Design for Low Carbon Buildings and Cities. Dastur muhandislik, arxitektura yoki shunga yaqin soha boʻyicha tahsil olayotgan magistratura, PhD talaba/tadqiqotchilari va yosh olimlarni meʼmoriy loyihalarning texnik, ilmiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy jihatlarini ishlab chiqish va muhokama qilish uchun taklif qiladi. Virtual maktab 2021-yil 30-avgustdan 13-sentyabrgacha – 2 hafta davom etadi.
Yozgi maktab jadvali shu yerda. Oʻtgan yilgi virtual maktab haqidagi maʼlumotlar shu yerda: Summer School ARS 20.
Grant kimlar uchun?
Muhandis va arxitektura sohasi talabalari (bakalavr, magistr, PhD) uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
International Summer School ARS virtual yozgi maktabida oʻqish mutlaqo bepul.
Talablar:
Nozmod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Virtual maktab magistratura, PhD talaba/tadqiqotchilari va yosh olimlar uchun moʻljallangan.
- Nomzod arxitektura, qurilish muhandisligi, shaharsozlik va rejalashtirish, energetika va qurilish texnologiyalari yoki shunga yaqin soha boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (B2 yoki undan yuqori darajada).
- Nomzod dastur mavzusiga kuchli qiziqish bildirishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
International Summer School ARS virtual maktabida ishtirok etish uchun arizalar jessica.lorillu(at)beuth-hochschule.de manzilida 2021-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Magistratura/PhD kursiga qabul qilinganlik/roʻyxatdan oʻtganlik haqidagi hujjat.
- Cover Letter (200 soʻzdan koʻp boʻlmagan).
- Ingliz tili sertifikati (kamida B2 darajasida).
Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun email: jessica.lorillu@beuth-hochschule.de