AQSHning Missuri shtatida joylashgan Saint Louis University bakalavr bosqichi talabalariga Presidential Scholarship grant dasturlarini taklif etmoqda. Dastur 2022-yilda oliygohning bakalavr kurslaridan birida oʻqishini boshlaydigan talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad aʼlochi, iqtidorli, yuqori potensialli, yetakchi talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatda oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantning manfaatli jihatlari
- Grant gʻolibiga 4 yillik bakalavr kursi davomida oʻqish toʻlovi 100 foiz toʻlab beriladi.
- Stipendiat tadqiqotlar oʻtkazish, amaliyot dasturlarida qatnashish uchun 200 AQSh dollari miqdoridagi qoʻshimcha mablagʻ uchun ariza berishi mumkin.
Eslatma: grant keyingi yillarga uzaytirilishi uchun talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari talab darajasida boʻlishi lozim..
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod St. Louis Universityʼning 2022-yilda boshlanadigan bakalavr kursiga (full time) hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod universitet qabul talablariga javob berishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak (GPA 3.85/4.0).
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur (kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 80 ball).
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Nomzod oliygohning oʻzi tanlagan bakalavr kursiga hujjat topshiriladi (online application for freshman admission).
- Presidential Scholarship dasturiga ariza beradi (separate Presidential Scholarship application).
- Saralashdan oʻtgan nomzodlar suhbatga chaqiriladi.
Hujjatlar 2021-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Ariza namunasi: shu yerda.
Kerakli hujjatlar (oliygohga):
- Onlayn ariza.
- Maktab attestati, kollej/litsey diplomi.
- Baholardan koʻchirma (diplom ilovasi).
- Til sertifikati (kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 ball).
- CV/rezyume.
- Tavsiyanoma.
Kerakli hujjatlar (grantga):
- Onlayn ariza.
- Esse (500 soʻzdan iborat)
- Rezyume
- 2 ta tavsiyanoma
Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.
Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: 1-800-758-3678
E-mail: admission@slu.edu.