×

SLU Presidential Scholarship: AQShda bakalavr kurslari uchun 100 foizlik grant!


Grant

MUHLAT

01.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3954 marta

AQSHning Missuri shtatida joylashgan Saint Louis University bakalavr bosqichi talabalariga Presidential Scholarship grant dasturlarini taklif etmoqda. Dastur 2022-yilda oliygohning bakalavr kurslaridan birida oʻqishini boshlaydigan talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad aʼlochi, iqtidorli, yuqori potensialli, yetakchi talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantning manfaatli jihatlari

  • Grant gʻolibiga 4 yillik bakalavr kursi davomida oʻqish toʻlovi 100 foiz toʻlab beriladi.
  • Stipendiat tadqiqotlar oʻtkazish, amaliyot dasturlarida qatnashish uchun 200 AQSh dollari miqdoridagi qoʻshimcha mablagʻ uchun ariza berishi mumkin.

Eslatma: grant keyingi yillarga uzaytirilishi uchun talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari talab darajasida boʻlishi lozim..

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod St. Louis Universityʼning 2022-yilda boshlanadigan bakalavr kursiga (full time) hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod universitet qabul talablariga javob berishi kerak.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak (GPA 3.85/4.0).
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur (kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 80 ball).

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Hujjatlar 2021-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Ariza namunasi: shu yerda.

Kerakli hujjatlar (oliygohga):

  1. Onlayn ariza.
  2. Maktab attestati, kollej/litsey diplomi.
  3. Baholardan koʻchirma (diplom ilovasi).
  4. Til sertifikati (kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 ball).
  5. CV/rezyume.
  6. Tavsiyanoma.

Kerakli hujjatlar (grantga):

  1. Onlayn ariza.
  2. Esse (500 soʻzdan iborat)
  3. Rezyume
  4. 2 ta tavsiyanoma

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: 1-800-758-3678

E-mail: admission@slu.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!