×

Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magirtraturani oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!


Grant

MUHLAT

01.12.2025

QOLGAN VAQT

159 kun

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

14711 marta

Gollandiyada joylashgan Groningen Universiteti har yili magistratura kursida o’qishni boshlaydigan bir qator davlatlar (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) fuqarolari uchun Eric Bleumink Fund jamgarmasi Talent Grant dasturini taklif etadi. Grantlar barcha yo’nalishlar bo’yicha 1 yoki 2 yillik magistratura kursilariga (MSc/MA/LL.M) qabul qilingan qobiliyatli, a’lochi talabalarga mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, ammo nufuzli oliygohlarda o’qish imkoni bo’lmagan talabalarga moddiy yordam berish.

Maʼlumot uchun: Groningen universitei dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2025-yil may oyi holatida koʻra ushbu oliygoh dunyodagi eng kuchli universitetlar roʻyxatida 80-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu dastur g’oliblariga magistratura kursi davomida (1 yoki 2 yillik) quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • O’qish to’lovi 100 foiz to’lab beriladi.
  • Safar (Gollandiyaga borish va kelish) xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va yashash xarajatlari uchun 1250 yevro oylik stipendiya ajratiladi.
  • Kitoblar va o’quv anjomlari uchun yiliga 310 yevro miqdoridagi mablag’ beriladi.
    Gollandiyaga yetib borganda joylashib olish uchun 275 yevro mablagʻ beriladi.
  • Viza xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod University of Groningenʼning magistratura kurslaridan biriga qabul xatini olishi kerak. Grantga arizalar 2025-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi, shu sababli magistraturaga imkon qadar ertaroq hujjat topshirish lozim.
  2. Bakalavr bosqichida yuqori akademik ko’rsatkichlar qayd etgan bo’lish kerak.
  3. Akademik salohiyati haqida tavsiya beruvchilar ijobiy fikr bildirishlari maqsadga muvofiq.
  4. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (tanlangan dastur talablari asosida). Aksariyat magistrlik dasturlarida kamida IELTS 6.5 talab etiladi.
  5. Nomzod, grant yutgan taqdirda, dasturga to’liq qatnasha olish imkoniga ega bo’lishi zarur.
  6. Nomzod sog’lom bo’lishi kerak.
  7. Grant boshqa manbadan yordam olish imkoni bo’lmagan nomzodlar uchun mo’ljallangan.

MUHIM: Yuqorida talablar umumiy keltirilgan. Talablar bilan batafsil tanishish uchun grant qoidalarini oʻqib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu grant uchun nomzod to’g’ridan-to’gri hujjat topshira olmaydi. Dastur qatnashchilari Groningen universitetining magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirgan/qabul qilingan va arizasida shu grant dasturida qatnashish istagini bildirgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi.

Grant uchun hujjatlar va onlayn ariza 2025-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Lekin magistrlik dasturlariga qabul ancha erta (odatda kechi bilan 15-oktabrgacha) yakunlanadi. Shu sababli imkon qadar ertaroq hujjat topshirish tavsiya etiladi. Magistraturaga qabul sanalari bilan BU YERDA tanishing.

Magistratura uchun talab etiladigan hujjatlar tanlangan yo’nalishga ko’ra farqlanishi mumkin.

Magistraturaga hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishing.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholar.
  4. CV/Rezyume.
  5. Motivatsion xat.
  6. Passport nusxasi.
  7. Tilni bilish haqidagi sertifikat.
  8. GMAT/GRE sertifikati (talab etilsa).
  9. Biror ilmiy maqola/nashr namunasi (ingliz tilida).

Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida bo’lishi, tarjima qilingan hujjatlarning notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi maʼlumotlar va grant shartlaria bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat

Savollar yuzasidan msd@rug.nl emailiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!