×

Germaniya: huquq boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant oylik 850 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2274 marta

Germaniyaning DAAD tashkiloti rivojlanayotgan davlat fuqarolari uchun DAAD Scholarship for Students from Developing Countries dasturini taklif etmoqda. Dastur qatnashchilarga Munich Intellectual Property Law Center – MIPLCʼda Master of Laws in Intellectual Property and Competition Law (LL.M.IP) yoʻnalishi boʻyicha magistratura kursida oʻqish imkonini beradi. Dasturdan maqsad rivojlanayotgan davlatlar fuqarolariga davlat boshqaruvi boʻyicha xorij tajribasini oʻrganishda koʻmaklashish. 2022-yili boshlanadigan kurs uchun arizalara 2021-yil 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Huquq boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagilar bilan taʼminlanadilar:

  • Oyiga 850 yevro stipendiya.
  • Safar xarajatlari (agar nomzod qatnashayotgan mamlakat yoki boshqa manba tomonidan qoplanmasa).
  • Oʻqish va tadqiqot xarajatlari.
  • Tibbiy, baxtsiz hodisalar va javobgarlik sugʻurtasi.
  • Oʻqish boshlanishidan oldin oʻqitiladigan 2 oylik nemis tili kurslari (avgust va sentabr oylarida).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston fuqarolari hujjat topshira oladilar).
  2. Nomzod oxirgi 2 yil ichida oʻz davlatida yashayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod MIPLCʼning Master of Laws in Intellectual Property and Competition Law (LL.M.IP) yoʻnalishidagi magistratura kursiga qabul qilinishi kerak.
  4. Nomzod kamida 4 yillik bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzodning bakalavr/yoki bundan oldingi ilmiy darajani olganiga 6 yildan koʻp boʻlmagan boʻlishi kerak.
  6. Nomzod rivojlanayotgan davlatdagi davlat/hokimiyat idoralari yoki xususiy tashkilotlarda kamida 2 yillik mahnat tajribasiga ega boʻlishi kerak (2022-yil fevralgacha).
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (magistrlik daturi uchun kamida  IELTS 6.5 / TOEFL iBT 85 ball talab etiladi).
  8. Nomzodning nemis tilini bilishi maqsadga muvofiq.
  9. Grant gʻolibi oʻqish boshlangunicha (2022-yiliga avgust, sentyabr oylari) nemis tili kurslariga qatnashga qiziqish bildirishi kerak.
  10. MIPLC va DAAD talablari orasida ziddiyat mavjud boʻlsa, murakkabroq talabga amal qilinadi.
  11. Dastur oliygoh hodimlari va tadqiqotchilar uchun moʻljallanmaganligi uchun, ularga faqat istisno hollardagina grant ajratiladi.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 15-oktabrga qadar onlayn shaklda topshiriladi.

Master of Laws in Intellectual Property and Competition Law (LL.M.IP) yoʻnalishi va shu yoʻnalish boʻyicha DAAD dasturiga hujjat topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar roʻyxati va boshqa barcha maʼlumotlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +49 (0) 89 242 46-5321

Email: info@miplc.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!