Huawei kompaniyasi OTM talabalari va bitiruvchilari uchun Huawei Cup 2021 – ochiq chempionatini tashkil etmoqda. Chempionatda Yevroosiyo mintaqasi, xususan, Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Mongoliya, Turkmaniston, Gruziya, Armaniston va Ozorbayjon fuqarolari 6 nominatsiya boʻyicha oʻz kuchlarini sinab koʻrishlari mumkin. Chempionat quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bahslar olib boriladi:
- IP – IP texnologiya va protokollari;
- Storage – ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tarkibiy qismlari;
- 5G – yangi avlod mobil aloqasining texnologiya va standartlari;
- AI – sun’iy intellekt modellari va metodlari;
- APP – mobil ilovalar ishlab chiqish;
- ICT Observer – AKT kuzatuvchisi.
Barcha qatnashchilar “IT Planet” onlayn maktabida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Birinchi bosqichda ishirokchilar Talent online platformasida ingliz tilida mustaqil taʼlim olishadi. 2-bosqichda esa kurslar oʻqituvchilar tomonidan rus tilida olib boriladi. Batafsil bu yerda.
Grant kimlar uchun?
OTM talabalari va bitiruvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chepmpionatning umumiy mukofot fondi – 40 000 AQSh dollardan oshiqroq boʻlib, gʻoliblar qiyudagicha taqdirlanadilar:
- 5G, AI, IP va Storage nominatsiyalarining 1-oʻrin sohiblarining har biriga 10 000 AQSh dollardan pul mukofoti.
- 5G, AI, IP va Storage nominatsiyalarining 2 va 3-oʻrin sohiblari Huawei Flagman smartfonlari bilan taqdirlanadilar.
- APP va ICT Observer nominatsiyalari gʻolib va sovrindorlariga Huawei`ning yuqori sifatli gadjetlari sovgʻa qilinadi.
- Shuningdek, tanlov ishtirokchilari va mehmonlarini koʻplab qiziqarli syurprizlar kutmoqda.
Talablar:
Nomzod qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
- Nomzod Yevroosiyo mintaqasi, xususan, Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Mongoliya, Turkmaniston, Gruziya, Armaniston yoki Ozorbayjon fuqarosi boʻlishi kerak.
- 18-28 yoshli nomzodlar qatnasha oladi.
- Nomzod bakalavriat, aspirantura talabasi boʻlishi yoki yaqinda OTMni bitirgan boʻlishi kerak (yoʻnalishga qarab, 2020-yil yoki 2021-yil OTMni bitirganlar qabul qilinadi).
- Nomzod tanlovning birinchi bosqichida bir vaqtning oʻzida nir nechta nominatsiyada qatnashishi mumkin. Ammo, final bosqichida faqat bir yoʻnalishni tanlashi zarur.
- Tanlovning 1 va 2- bosqichlari onlayn oʻtkaziladi. Final bosqichi esa oflayn tarzda, Moskva shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan (epidemiologik vaziyatga koʻra oʻzgartirilishi mumkin). Batafsil maʼlumot savol-javoblar
Dasturga qabul jarayoni:
Chempionat quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
- 23 avgust – 31 oktyabr: roʻyxatdan oʻtish.
- 1 sentyabr – 31 oktyabr: birinchi bosqich – Viktorina.
- 8 – 23 noyabr (5G uchun 8-12 noyabr va ICT uchun 8-15 noyabr): ikkinchi bosqich – Savol-javob.
- 23-noyabrdan keyin: Final bosqichi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 31-oktyabrgacha onlayn ariza tarzida qabul qilinadi. Ammo, nomzodlarga ertaroq ariza topshirishlari tavsiya etiladi.
Dastur haqidagi batafsil maʼlumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.