×

Huawei Cup 2021 – mukofot jamgʻarmasi 40 000 AQSh dollardan ortiq boʻlgan chempionat!


Grant

MUHLAT

31.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2073 marta

Huawei kompaniyasi OTM talabalari va bitiruvchilari uchun Huawei Cup 2021ochiq chempionatini tashkil etmoqda. Chempionatda Yevroosiyo mintaqasi, xususan, Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Mongoliya, Turkmaniston, Gruziya, Armaniston va Ozorbayjon  fuqarolari 6 nominatsiya boʻyicha oʻz kuchlarini sinab koʻrishlari mumkin. Chempionat quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bahslar olib boriladi:

  • IP – IP texnologiya va protokollari;
  • Storage – ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tarkibiy qismlari;
  • 5G – yangi avlod mobil aloqasining texnologiya va standartlari;
  • AI – sun’iy intellekt modellari va metodlari;
  • APP – mobil ilovalar ishlab chiqish;
  • ICT Observer – AKT kuzatuvchisi.

Barcha qatnashchilar “IT Planet” onlayn maktabida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Birinchi bosqichda ishirokchilar Talent online platformasida ingliz tilida mustaqil taʼlim olishadi. 2-bosqichda esa kurslar oʻqituvchilar tomonidan rus tilida olib boriladi. Batafsil bu yerda.

Grant kimlar uchun?

OTM talabalari va bitiruvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chepmpionatning umumiy mukofot fondi – 40 000 AQSh dollardan oshiqroq boʻlib, gʻoliblar qiyudagicha taqdirlanadilar:

  • 5G, AI, IP va Storage nominatsiyalarining 1-oʻrin sohiblarining har biriga 10 000 AQSh dollardan pul mukofoti.
  • 5G, AI, IP va Storage nominatsiyalarining 2 va 3-oʻrin sohiblari Huawei Flagman smartfonlari bilan taqdirlanadilar.
  • APP va ICT Observer nominatsiyalari gʻolib va sovrindorlariga Huawei`ning yuqori sifatli gadjetlari sovgʻa qilinadi.
  • Shuningdek, tanlov ishtirokchilari va mehmonlarini koʻplab qiziqarli syurprizlar kutmoqda.

Talablar:

Nomzod qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  1. Nomzod Yevroosiyo mintaqasi, xususan, Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Mongoliya, Turkmaniston, Gruziya, Armaniston yoki Ozorbayjon fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. 18-28 yoshli nomzodlar qatnasha oladi.
  3. Nomzod bakalavriat, aspirantura talabasi boʻlishi yoki yaqinda OTMni bitirgan boʻlishi kerak (yoʻnalishga qarab, 2020-yil yoki 2021-yil OTMni bitirganlar qabul qilinadi).
  4. Nomzod tanlovning birinchi bosqichida bir vaqtning oʻzida nir nechta nominatsiyada qatnashishi mumkin. Ammo, final bosqichida faqat bir yoʻnalishni tanlashi zarur.
  5. Tanlovning 1 va 2- bosqichlari onlayn oʻtkaziladi. Final bosqichi esa oflayn tarzda, Moskva shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan (epidemiologik vaziyatga koʻra oʻzgartirilishi mumkin). Batafsil maʼlumot savol-javoblar

Dasturga qabul jarayoni:

Chempionat quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

  • 23 avgust – 31 oktyabr: roʻyxatdan oʻtish.
  • 1 sentyabr – 31 oktyabr: birinchi bosqich – Viktorina.
  • 8 – 23 noyabr (5G uchun 8-12 noyabr va ICT uchun 8-15 noyabr): ikkinchi bosqich – Savol-javob.
  • 23-noyabrdan keyin: Final bosqichi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 31-oktyabrgacha onlayn ariza tarzida qabul qilinadi. Ammo, nomzodlarga ertaroq ariza topshirishlari tavsiya etiladi.

Dastur haqidagi batafsil maʼlumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!