×

Summer@EPFL: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun Shveytsariyada xarajatlar qoplanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

01.12.2024

QOLGAN VAQT

10 kun

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

11815 marta

Shveytsariyadagi Lozanna federal politexnika institutining (EPFL) Kompyuter va kommunikatsiya fanlari maktabi xalqaro talabalarga yozgi haq toʻlanadigan amaliyot / tadqiqot dasturlarini taklif etadi. Amaliyot / tadqiqot dasturi odatda 2-3 oy davom etadi hamda may va sentabr oylari oraligʻida boʻlib oʻtadi (aynan qaysi oylarda boʻlishi mezbon labaratoriya bilan kelishiladi). Ushbu dasturga quyidagi sohlar boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari qabul qilinadi:

  • Kompyuter fanlari (Computer Science). Kompyuter fanlari oʻz ichida juda koʻplab sohalarni qamrab oladi, bu sohalar bilan BU YERDA tanishing.
  • Kompyuter injiniringi (Computer Engineering)
  • Telekommunikatsiyalar (Telecommunications)
  • Elektrotexnika (Elecrtical Engineering)

Nomzodlar ariza topshirish jarayonida tadqiqot / amaliyot olib borish uchun mavjud sohalardan 3 tagachasini tanlashi mumkin. Tadqiqot sohalari bilan BU YERDA tanishing.

Ishtirokchilar tanlangan soha boʻyicha tadqiqot ishida sohaning yetakchi olimlari bilan birga ish olib boradi, turli muammolarni yechishda yordamlashadi. Koʻpincha bu yangi konsepsiyalarni isbotlash uchun murakkab dasturlash yoki dizaynga oid vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻladi.

Tadqiqot / amaliyot dasturi ingliz tilida boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Oyiga 1800 CHF (taxminan 2024 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
  • Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi (2-klass poyezd chiptasi yoki ekonom-klass aviachipta).

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Dasturga istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Bakalavr nomzodlar ariza topshirish jarayonida kamida 2-kurs talabasi boʻlishi kerak, bakalavriatning 1-kurs talabalari qatnasha olmaydi. Magistrantlar nechanchi kurs boʻlsa ham dasturga topshira oladi, biroq tadqiqot davrida magistraturani bitirmagan boʻlishi (magistratura bosqichi talabasi boʻlishi) lozim.
  • Nomzod quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
    – Kompyuter fanlari (Computer Science)
    – Kompyuter injiniringi (Computer Engineering)
    – Telekommunikatsiyalar (Telecommunications)
    – Elektrotexnika (Elecrtical Engineering)
  • PhD bosqichi talabalari bu dasturga qatnasha olmaydi.
  • Nomzodlarni saralashda oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ham eʼtibor qaratiladi.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

2025-yil yozida boʻlib oʻtadigan amaliyot uchun qabul 2025-yil 1-dekabrgacha davom etadi. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ariza topshirish jarayonida nomzodlar 3 tagacha tadqiqot sohasini tanlashi mumkin. Tadqiqot sohalari bilan BU YERDA tanishing.

Onlayn arizani toʻldirishda berilgan savollarga javob berish, soʻralgan maʼlumotlarni kiritish va quyidagi hujjatlarni ham taqdim qilish kerak:

  • CV.
  • Hozirga qadar olingan baholar.
  • Motivatsiya xati (bir bet boʻlishi tavsiya etiladi).

Arizalar ingliz tilida toʻldiriladi va hujjatlar ham ingliz tilida boʻlishi kerak. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni (masalan, baholar) topshirishda uning asli va inglizcha tarjimasi taqdim etilishi kerak. Onlayn ariza topshirish tizimiga hujjatlarni faqatgina PDF formatda yuklash mumkin.

Ariza natijalari 2025-yil 25-yanvargacha barcha nomzodlarga email orqali xabar qilinadi.

Qabul qilingan ishtirokchilar 2025-yilning yozida 2 yoki 3 oy davomida amaliyot oʻtaydi. Amaliyot muddati va aynan qaysi oylarda boʻlishi mezbon laboratoriya bilan kelishiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumot va koʻp beriladigan savollarga javoblarni diqqat bilan oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!