×

AScI internship programme: Bakalavr va magistrlar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

29.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

14364 marta

Finlandiyada joylashgan Aalto universiteti butun dunyo mamlakatlaridan boʻlgan bakalavriat va mogistratura talabalariga Aalto ilmiy instituti amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ishtirokchilari mavzulashtirilgan tadqiqot ishlarida bevosita ishtirok etish, Aalto universitetidagi yetakchi tadqiqot guruhlari bilan muloqot qilish va xalqaro muhitda tanishlar orttirish imkoniga ega boʻladi.

Amaliyuot odatda iyun-avgust oylari davomida (12 hafta) davom etadi. Dasturga qabul qilinganlar 2024-yilning iyun-avgust oylarida FIinlandiyaning Espoo shahrida joylashgan Otanieme kampusida amaliyot oʻtaydi.

Talabalar kafedralar va tadqiqot guruhlari tomonidan tadqiqot yordamchisi sifatida shartnoma asosida rasmiy ishga qabul qilinadi hamda amaliyotning aniq davri (davomiyligi) mezbon kafedra bilan kelishiladi.

Amaliyotni quyidagi yoʻnalishlar (maktablar)dan birida olib borish mumkin:

  • Science
  • Engineering
  • Chemical Engineering
  • Electrical Engineering
  • Business
  • Arts
  • Design and Architecture

2023-yilgi dastur uchun jami 52 nafar talaba qabul qilingan. 2024-yilda ham taxminan shuncha talaba qabul qilinshi kutilmoqda.

2024-yilgi amaliyot dasturi uchun lavozimlar (amaliyot loyihalari va oʻrinlari) 2024-yil 2-yanvarda dastur veb-saytida eʼlon qilinadi. Amaliyot ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot davomida har bir ishtirokchiga oylik maosh beriladi. Maosh iqdori Aalto universitetining maosh tizimi asosida, talabaning tajribasi va malakasiga koʻra belgilanadi. Eng kam oylik maosh miqdori 1800 yevro (bu eng kam miqdor). Bu oylik amaliyot davomida turar joy, oziq-ovqat va boshqa kundalik xarajatlarni qoplash uchun yetarli.

Shuningdek, xalqaro talabalarga Finlandiyaga borish-kelish xarajatlari uchun bonuslar (mablagʻ) ham taqdim etiladi. Bu bonus miqdori quyidagicha:

  • Talaba Yevropa ichida joylashgan boʻlsa – 400 yevro
  • Talaba Yevropa tashqarisida joylashgan boʻlsa – 800 yevro

Turar joy va viz

Aalto univbersiteti viza olish va turar joy topish/tanlash masalalarida bevosita yordam beradi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Ariza topshirish vaqtida tanlangan amaliyot sohasiga mos yoʻnalishda bakalavriatning kamida 2-bosqichida yoki magistraturada tahsil olayotgan boʻlish kerak.
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak.
  • Nomzod oʻzi tanlagan amaliyot mavzusi (amaliyot lavozimi) uchun mos boʻlgan yuqori akademik tarixga (shu soha boʻyicha taʼlim olganlik, baholari imkon qadar yaxshi ekanlik, akademik yutuqari yoki tajribasi va h.k.) ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar qabul 2024-yil 2-yanvarda boshlanadi va 2024-yil 29-yanvargacha davom etadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi va onlayn ariza topshirish uchun havola dastur veb-saytida beriladi (2024-yil 2-yanvarda).

Ariza shaklida nomzod amaliyot oʻtash uchun kamida 1 ta, koʻpi bilan 3 ta loyihaga ariza topshirishi mumkin (loyihalarni oʻzi tanlaydi). Amaliyot loyihalari 2024-yil 2-yanvarda dastur veb-saytida eʼlon qilinadi.

Ariza topshirish jarayonida onlayn ariza shakli toʻldiriladi va quyidagi hujjatlar arizaga ilova qilinadi:

  • Universitetda ariza topshirish vaqtigacha olingan rasmiy baholar. Baholar aks etgan hujjat ingliz tilida boʻlmasa, uni tarjima qilib, tarjimasi bilan birga yuklashi kerak. Rasmiy baholar va ularning tarjimasi bitta fayl shaklida yuklanadi. Tarjimani nomzodning oʻzi qilishi va hech qayerdan tasdiqlatmasdan rasmiy baholar bilan birga topshirishi mumkin.
  • Motivatsiya xati. Motivatsiya xatida quyidagilar ochib berilishi kerak:
    – Nega Aalto ilmiy instituti amaliyot dasturidagi shu amaliyot oʻrniga (loyihasiga) qiziqishingiz va tadqiqot yuzasidan qanday shaxsiy iziqish /  manfaatlarga ega ekaningiz tushuntirilishi kerak.
    – Amaliyotga tashrif sanalari bilan bogʻliq qandaydir maxsus holatlar boʻlsa, ular koʻrsatilishi kerak.
    – Taʼlim boʻyicha kelajakdagi rejalar yoritilishi kerak.
  • CV.
  • Tavsiyanoma. Tavsiyanoma akademik (taʼlimga oid) va mehnat salohiyatingizni nazorat qilgan universitetdagi professor-oʻqituvchingiz yoki maʼruzachi tomonidan. Qabul yakunlangach, qabul komissiyasi qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlarning tavsiya beruvchilari bilan telefon yoki email orqali bogʻlanadi.
  • Shuningdek, IELTS yoki TOEFL sertifikatini topshirish ham tavsiya etiladi, biroq bular majburiy emas. Shuningdek, bu sertifikat oʻrniga quyidagi hujatlardan birini yuborishingiz ham mumkin:
    – Universitetingiz tomonidan yozilgan va ingliz tili koʻnikmangiz haqidagi bayonot (maʼlumotnoma).
    – Universitetdagi oʻqishingiz yuzasidan ingliz tilida yozilgan, ingliz tili salohiyatingizni koʻrsata oladigan biror yozma ish.
    – Agar universitetingizdagi oʻqish ingliz tilida olib borilsa, buni CV va muqova xatida aniq qilib koʻrsating.

MUHIM. Hujjatlar va ularning taʼrifi bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Savol bilan dastur tashkilotchilariga murojaat qilishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlarni va koʻp beriladigan savollarga javoblarni batafsil oʻqib chiqing.

Umumiy savollar yuzasidan AScI koordinatoriga asci-interns@aalto.fi elektron manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!