×

Bank Internship Program (BIP): Barcha bosqichlar talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

17.02.2026

QOLGAN VAQT

25 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

12490 marta

Bank Internship Program (BIP) amaliyot dasturi yuqori motivatsiyaga ega shaxslarga Jahon banki missiyasi va ish faoliyatida qatnashish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur ishtirokchilarga bankning faoliyatiga yangi istiqbol, innovatsion gʻoyalar va tadqiqot tajribasini olib kirish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu dastur CVni amaliy ish tajribasi bilan boyitish uchun imkoniyat hamdir. Amaliyot oʻrinlari rivojlanish operatsiyalari boʻyicha ham, boshqa biznes boʻlinmalarda ham (kadrlar boshqarmasi, aloqa, buxgalteriya va boshqa boʻlimlar) ham taklif etiladi, biroq aynan qaysi soha / boʻlimdagi amaliyot oʻrinlari amaliyot davridagi mavjudligi bank faoliyatidagi ehtiyojga asoslanadi.

Jahon bankining amaliyot dastur uchun odatda quyidagi sohalar boʻyicha tahsil olayotgan talabalar izlanadi: iqtisod, moliya, inson rivojlanishi (sog‘liqni saqlash, ta’lim, oziqlanish, aholi), ijtimoiy fanlar (antropologiya, sotsiologiya), qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit (ekologiya), muhandislik, shaharsozlik, tabiiy resurslarni boshqarish, xususiy sektorni rivojlantirish va boshqa tegishli sohalar; yoki Korporativ yordam (Buxgalteriya hisobi, Aloqa, Inson resurslarini boshqarish, Axborot texnologiyalari va Moliya).

Ushbu dasturga bakalavriat treki yoki magistratura va PhD treki boʻyicha ariza topshirish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktorantura (PhD) bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jahon banki barcha amaliyotchilarga soatbay ish haqi toʻlaydi.

Amaliyotchilar turar joy uchun oʻzlari masʼuldir. Aksariyat amaliyotchilar Vashingtonda amaliyot oʻtaydi, ayrimlar esa Jahon bankining mamlakatdagi idoralarida amaliyot oʻtashadi. Odatda amaliyot dasturi kamida 4 hafta davom etadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Bakalavriat treki boʻyicha hozirda bakalavriatning oxirgi kursida tahsil olayotgan talabalar ariza berishi mumkin.
  • Magistratura va PhD treki boʻyicha bakalavrlik darajasiga ega va magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan talabalar ariza berishi mumkin.
  • Ingliz tilini erkin muloqot qila olish lozim. Fransuz, ispan, rus, arab, portugal va/yoki xitoy tillarini bilsa, nomzod uchun yaxshi.
  • Kompyuter koʻnikmalari kabi boshqa koʻnikmalarga ega boʻlish ustunlik beradi.
  • Yosh chegarasi yoʻq, boshqa talablarga mos boʻlgan istalgan yoshdagi nomzodlar ariza berishi mumkin.
  • Jahon banki ish joyidagi xilma-xillikni qadrlaydi hamda turli kasbiy va akademik tarixga ega barcha malakali nomzodlarning, xususan, ayollarning ariza topshirishini ragʻbatlantiradi.
  • Nomzodlar koʻp bilan 6 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi mumkin. Ish tajribasiga ega boʻlmaganlar ham ariza topshira oladi (agar boshqa talablarga mos boʻlsa).

Dasturga qabul jarayoni:

Navbatdagi amaliyot uchun arizalar onlayn shaklda 2026-yilning 19-yanvaridan 17-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun amaliyot eʼloni sahifasiga kirib, tepa oʻng sohadagi “Apply” tugmasi bosiladi. Ochilgan sahifada amaliyot uchun eʼlon qilingan boʻsh ish joylari bor, shulardan oʻzingizga mosini tanlab, uning sahifasiga kirib ariza topshirasiz (arizalarni 2026-yil 19-yanvardan boshlab topshirish mumkin).

Ariza toʻldirishda odatda  quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

  • CV.
  • Qiziqish bayoni (Statement of Interest).
  • Bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabasi ekanlikni tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar tarkibi va ularga qoʻyilgan talablar siz ariza topshirayotgan amaliyot oʻrniga qarab farq qilishi mumkin. Talab etiladigan aniq hujjatlar bilan ariza shaklida tanishasiz.

Faqatgina amaliyot uchun qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar qilinadi, qabul qilinmaganlarga xabar berilmaydi.

Amaliyot 2026-yilning aprelidan sentabrigacha boʻlgan davr ichida oʻtkaziladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin amaliyot dasturi haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!