×

Bank Internship Program (BIP): Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

31.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

8424 marta

Bank Internship Program (BIP) amaliyot dasturi yuqori motivatsiyaga ega shaxslarga Jahon banki missiyasi va ish faoliyatida qatnashish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur ishtirokchilarga bankning faoliyatiga yangi istiqbol, innovatsion gʻoyalar va tadqiqot tajribasini olib kirish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu dastur CVni amaliy ish tajribasi bilan boyitish uchun imkoniyat hamdir. Amaliyot oʻrinlari rivojlanish operatsiyalari boʻyicha ham, boshqa biznes boʻlinmalarda ham (kadrlar boshqarmasi, aloqa, buxgalteriya va boshqa boʻlimlar) ham taklif etiladi, biroq aynan qaysi soha / boʻlimdagi amaliyot oʻrinlari amaliyot davridagi mavjudligi bank faoliyatidagi ehtiyojga asoslanadi.

Jahon bankining amaliyot dastur uchun odatda quyidagi sohalar boʻyicha tahsil olayotgan talabalar izlanadi: iqtisod, moliya, inson rivojlanishi (sog‘liqni saqlash, ta’lim, oziqlanish, aholi), ijtimoiy fanlar (antropologiya, sotsiologiya), qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit (ekologiya), muhandislik, shaharsozlik, tabiiy resurslarni boshqarish, xususiy sektorni rivojlantirish va boshqa tegishli sohalar; yoki Korporativ yordam (Buxgalteriya hisobi, Aloqa, Inson resurslarini boshqarish, Axborot texnologiyalari, G’aznachilik va boshqa korporativ xizmatlar).

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura (PhD) bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jahon banki barcha amaliyotchilarga soatbay ish haqi toʻlaydi. Shuningdek, kerakli hollarda menejerning qaroriga koʻra, safar xarajatlari uchun 3000 AQSH dollarigacha miqdorga mablagʻ ajratiladi. Safar xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻ faqat amaliyot oʻtaladigan shaharga yetib olish yoki undan qaytish uchun transport xarajatini (aviachipta) qoplashni nazarda tutadi.

Amaliyotchilar turar joy uchun oʻzlari masʼuldir. Aksariyat amaliyotchilar Vashingtonda amaliyot oʻtaydi, ayrimlar esa Jahon bankining mamlakatdagi idoralarida amaliyot oʻtashadi. Odatda amaliyot dasturi kamida 4 hafta davom etadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzod bakalavrlik darajasiga ega va kunduzgi taʼlim shakli (full-time) asosida magistraturada tahsil olayotgan talabalar yoki toʻliq stavkada oʻqishga qaytishni rejalashtirayotgan PhD talabalari ariza berishi mumkin.
  • Ingliz tilini erkin muloqot qila olish lozim. Fransuz, ispan, rus, arab, portugal va xitoy tillarini bilsa, nomzod uchun yaxshi.
  • Kompyuter koʻnikmalari kabi boshqa koʻnikmalarga ega boʻlish ustunlik beradi.
  • Yosh chegarasi yoʻq, boshqa talablarga mos boʻlgan istalgan yoshdagi nomzodlar ariza berishi mumkin.
  • Jahon banki ish joyidagi xilma-xillikni qadrlaydi hamda turli kasbiy va akademik tarixga ega barcha malakali nomzodlarning, xususan, ayollarning ariza topshirishini ragʻbatlantiradi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn shaklda 2024-yilning 31-yanvariga qadar qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun amaliyot eʼloni sahifasiga kirib, tepa oʻng sohadagi “Apply” tugmasi bosiladi va roʻyxatdan oʻtib (sign up), akkaunt yaratiladi.

MUHIM: Ariza shakliga bir marta kirilganda 90 daqiqa ichida toʻldirishga harakat qiling, aks holda, tizimda taym-aut xatoligi yuzaga kelishi va arizani qaytadan toʻldirishga toʻgʻri kelishi mumkin. Shu sababli. Shu sababli kerakli hujjatlarni oldindan tayyorlab oling.

Ariza toʻldirishda quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

  • CV.
  • Qiziqish bayoni (Statement of Interest).
  • Magistratura yoki PhD bosqichi talabasi ekanlikni tasdiqlovchi hujjat.

Har bir fayl 5 MB dan oshib ketmasligi hamda quyidagi formatlardan birida boʻlishi lozim: .doc, .docx yoki .pdf.

Faqatgina amaliyot uchun qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar qilinadi, qabul qilinmaganlarga xabar berilmaydi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin amaliyot dasturi haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!