×

Viadrina Intensive Track: Germaniyadagi Viadrina Yevropa universiteti bakalavrlik dasturlariga tayyorlov kursida bepul oʻqish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

20.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2615 marta

Viadrina Intensive Track dasturi oʻrta taʼlimni tugatib, birdan Germaniyada bakalavriatni oʻqiy olmaydigan xorijlik oʻquvchilarga Frankfurtdagi (Order) Viadrina Yevropa universitetining bakalavriat bosqichiga bevosita oʻqishga kirish (oʻrta taʼlimdan keyin) imkonini beradi.

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar ham maktab, litsey va kollejni bitirgandan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri Germaniya universitetlarining bakalavriat bosqichiga ariza topshira olmaydi. Avval Oʻzbekistonning oʻzidagi universitetda 1 yoki 2 yil oʻqishi yoxud Germaniyadagi 1 yillik tayyorlov maktabida (Studienkolleg) oʻqishi, undan keyin Germaniya universitetkaridagi bakalavriat dasturlariga ariza berishi mumkin. Viadrina Intensive Track dasturi esa oʻquvchilarni bundan ozod qiladi.

Dasturga qabul qilinganlar 12 oy davomida (2022-yil oktabrdan 2023-yil sentabrgacha) maʼlum bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlov kursida grant asosida oʻqiydi. Ushbu dasturda oʻqish nemis tilida boʻladi va nomzodlardan nemis tilini kamida B1 darajada bilish talab etiladi.

Dastur yakunida yoʻnalish boʻyicha bakalavriatga kirish imtihoni hamda zarur hollarda nemis tilini bilish darajasini tasdiqlovchi imtihon topshiriladi. Imtihon(lar)dan muvaffaiqyatli oʻtganlar tegishli bakalavrlik dasturida oʻqishni boshlaydi.

Bakalavriatda oʻqish 2022-yil oktabrda boshlanadi. Viadrina Yevropa universitetidagi bakalavrlik kurslarida oʻqish bepul.

Viadrina Intensive Track dasturida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Oʻzbekistondan boʻlgan oʻquvchilar quyidagi yoʻnalish boʻyicha oʻqish mumkin:

Grant kimlar uchun?

Germaniyada tayyorlov kursi va bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Viadrina Intesive Track tayyorlov dasturida oʻqish xarajatlari Viadrina Yevropa universiteti tomonidan toʻliq qoplanadi. Universitet tomonidan quyidagilarning xarajatlari qoplanadi:

  • Til va fanlar boʻyicha kurslar toʻlovi
  • Oʻquv qurollari xarajatlari
  • Seminar va boshqa mashgʻulotlar xarajatlari
  • DSH tayyorlov kursi xarajati
  • Madaniy dasturlar xarajatlari
  • Parvarish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlari

Shuningdek, eng yaxshi talabalarga bakalavriatning 1-yili uchun 3000 yevrolik stipendiyaga ariza berishi ham mumkin boʻladi.

Yuqoridagilardan boshqa barcha xarajatlar oʻquvchining oʻzi tomonidan qoplanishi kerak.

Talablar:

Viadrina Intensive Track tayyorlov dasturiga ariza topshirish uchun quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻz vataningizda olingan toʻliq oʻrta taʼlim haqidagi hujjat. Bularga 11 yillik maktab attestati, kollej yoki litsey diplomi kiradi. Attestat/diplom 2021-yilda yoki 2022-yilda olingan boʻlishi / olinishi kerak.
  • Nemis tilini kamida B1 darajada bilish talab etiladi.
  • 2023-yil 1-oktabr oyida kamida 17 yosh boʻlish lozim.
  • Nomzod iqtisod va matematikaga yoki huquqshunoslikka qiziqishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Viadrina Fast Track dasturiga saralash jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1. Ariza topshirish bosqichi. Dastlab, 2022-yil 20-fevralgacha onlayn tarzda maxsus portalda ariza va onlayn hujjatlarni topshirish lozim.

Avval portalda roʻyxatdan oʻtish (akkaunt ochish) kerak, shundan soʻng emailingizga hisobni faollashtirish havolasi yuboriladi. Bu havola 24 soat amal qiladi. Shu havola orqali kirib, parol yaratasiz va onlayn arizani toʻldirishni boshlaysiz. Faollashtirish havolasi darrov kelmasligi mumkin. Darrov kelmasa, biroz kuting va emailingizdagi “Spam” papkani tekshiring.

Portalda arizani toʻldirish boʻyicha batafsil maʼlumotlarni topasiz. Ariza topshirishda onlayn ariza shaklini toʻldirib, portalga quyidagi hujjatlarni yuklang:

  • motivatsiya xati
  • nemis tilini B1 yoki undan yuqori darajada bilishni tasdiqlovchi, oxirgi 6 oy ichida olingan til sertifikati
  • kollej, litsey diplomi yoki maktab attestati (hali maktabning 11-sinfini yoki kollej/litseyni bitirmagan nomzodlar 9-sinfdagi shahodatnomani topshiradi)
  • rezyume
  • pasport nusxasi

Folmyularni toʻliq toʻldirib, hujjatlarni yuklab, arizani portal orqali yuborasiz, Shundan keyin arizangizni PDF formatda yuklab olishingiz mumkin boʻladi. Uni yuklab olib, printerdan chiqarasiz va imzolab, 2022-yil 20-fevralgacha PDF formatda quyidagi emailga yuborasiz: college@europa-uni.de

Imzolanmagan ariza koʻrib chiqilmaydi.

2. TestAS imtihoni. Arizalar asosida saralab olingan nomzodlar 2022-yil 23-aprelda TestAS imtihonini topshirishga taklif etladi. Imtihon topshirsh pullik (taxminan 90 yevro). Imtihon nomzodning vatanida boʻlib oʻtadi. Imtihonda kerakli fan sifatida “Iqtisod” tanlanishi kerak.

3. Suhbat. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlar 2022-yil may oyi oxirlarida qisqa suhbatga taklif etiladi (Zoom yoki boshqa onlayn vosita orqali boʻladi suhbat). Suhbat bosqichidan keyindastur gʻoliblari aniqlanadi va gʻoliblar Frannkfurtdagi (Order) Viadrina Yevropa universitetidan dasturga taklif xatini oladi. Shundan soʻng viza olish boʻyicha ishlar boshlanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan college@europa-uni.de elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!