×

KOICA: Koreyada kimyo sohasida magistratura va doktoranturani oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 22 ta!


Grant

MUHLAT

31.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

4632 marta

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura va doktorantura (PhD) bosqichida taʼlim olish uchun grantlar tanlovini eʼlon qildi.

Dastur doirasida magistratura uchun 12 ta, doktorantura uchun 10 ta grant oʻrni ajratilgan.

Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo texnologiyalari markazida oʻz faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Oʻqish ingliz tilida boʻladi. Mgistratura va doktoranturada oʻqitiladigan fanlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Kimyo sohasi boʻyicha magistratura va doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Borish-kelish uchun aviachipta olib beriladi.
  • Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
  • Oylik stipendiya beriladi.
  • Turar joy xarajati qoplanadi.
  • Bepul tibbiy sugʻurta taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Magistraturaga topshirmoqchi boʻlganlar kimyo yoki kimyoga aloqador sohada bakalarvlik darajasiga (diplomiga) ega boʻlishi yoki 2022-yil iyun oyida shunday daraja/diplomni qoʻlga kiritishi kerak (yaʼni hozirda tegishli soha boʻyicha bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotganlar ham ariza topshira oladi).
  • Doktoranturaga topshirmoqchi boʻlganlar kimyo yoki kimyoga aloqador sohada magiistrlik darajasiga (diplomiga) ega boʻlishi yoki 2022-yil iyun oyida shunday daraja/diplomni qoʻlga kiritishi kerak (yaʼni hozirda tegishli soha boʻyicha magistraturaning oxirgi kursida oʻqiyotganlar ham ariza topshira oladi).
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Nomzodlardan kamida IELTS 6.0, TOEFL iBT 79 yoki TOEFL PBT 59 sertifikatini topshirish talab etiladi.
  • Ushbu grant asosida Janubiy Koreyada magistratura va doktoranturani muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Oʻzbekiston Kimyo texnologiyalari markazida kamida 5 yil ishlashi kerak. Oʻqish boshlanishidan oldin talabalarga bu haqida rasmiy shartnoma beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi. Dasturga ariza topshirmoqchi boʻlganlar BU YERDAGI ariza shaklini toʻldirishi, keyin esa shu ariza shakliga yuklangan hujjatlarning aslini “Uzkimyosanoat”ga yetkazishi kerak.

Nozmodlardan quyidagi hujjatlarni topshirish soʻraladi:

  • CV.
  • Oʻqish rejasi taklifi (Proposal for study) – bu hujjat shakli SHU YERDA yuklab oling.
  • Magistrlik dissertatsiyasi (faqat doktoranturaga topshirayotganlar uchun) – bu hujjat shaklini SHU YERDA yuklab oling.
  • Kamida IELTS 6.0, TOEFL iBT 79 yoki TOEFL PBT 59 sertifikati.
  • Tavsiyanoma.

Hujjat topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan intervyu qilinishi ham mumkin.

MUHIM: Yuqoridagi maʼlumotlar umumiy tarzda berilgan. Batafsil maʼlumot uchun rasmiy maʼlumotni toʻliq oʻqib chiqing.

Qoshimcha maʼlumot va savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

  • (+998) 97 136-35-07;
  • (+998) 90 139-90-07;
  • (+998) 90 045-42-28;
  • (+998) 93 562-76-25

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!