×

Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!


Grant

MUHLAT

14.07.2024

QOLGAN VAQT

64 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3717 marta

UNESCO tashkiloti 14-25 yoshlilar uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” 6-xalqaro suratlar tanloviga ishlar qabul qilmoqda.

Tanlovning bu yilgi mavzusi: Reveal the Silk Road: through Life Celebrations (Ipak Yoʻlini ochib bering: Hayotdagi bayram va marosimlar orqali). Turli xalqlar turlicha bayram va marosimlarga ega. Bu yilgi tanlovda shu marosimlarni elementlari/sahnalari aks etgan rasmlar qabul qilinadi.

Jumladan, quyidagi bayram va marosimlar sahnalari aks etgan rasmlarni topshirish mumkin:

  • Tugʻilish va ism qoʻyish marosimlari.
  • Choʻqintirish marosimlari.
  • Yubileylar.
  • Balogʻat yoshiga oʻtish marosimlari.
  • Nikoh marosimlari va toʻylar.
  • Fasllar almashinuvvi  (bahor yoki kuz bayramlari, Navroʻz va boshqalar).
  • Diniy marosimlar va bayramlar.
  • Anʼanaviy dafn marosimi xizmatlari.

Bu yilgi tanlov mavzusi va qanday mavzudagi rasmlar qabul qilinshi bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Tanlovga quyidagi 2 toifa boʻyicha qatnashish mumkin:

  1. 14-17 yoshlilar.
  2. 18-25 yoshlilar.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Grant kimlar uchun?

14 yoshdan 25 yoshgacha boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov doirasida har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) saralab olinadi va ular quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: bitta 18-55 mm linzali obyektivga professional raqamli refleks fotoapparat.
  • 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
  • 3-oʻrin: raqamli kamera.

Talablar:

Dasturda qatnashish talab va shartlari quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari bu tanlovda qatnasha oladi.
  • Tanlovda 14-25 yoshlilar qatnasha oladi.
  • 14-17 yoshlilar toifasi boʻyicha qatnashayotganlar vasiydan (ota, ona, qonuniy vasiy va h.k.) ruxsatnoma taqdim etishi lozim. Ushbu ruxsatnoma namunasini BU YERDAN topasiz.
  • Koʻpi bilan 20 tagacha surat topshirish mumkin.
  • Suratlar JPEG yoki JPG formatida boʻlishi kerak.
  • Har bir surat yoki suratlar seriyasi uchun izoh ham boʻlishi kerak (ingliz tilida).
  • Gorizontal suratlarning eni kamida 1500 piksel, vertikal suratlarning balandligi kamida 1500 piksel boʻlishi lozim.
  • Suratlar arxitektura, yodgorliklar va shaharsozlik orqali kichik mavzulari orqali tanlovning asosiy mavzusini (“Ipak Yoʻlini ochib bering: Bayram va marosimlar orqali”) ochib berishi kerak.
  • UNESCO va China World Peace Foundation tashkilotlari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, farzandlari, aka, uka, opa yoki singillari, turmush oʻrtoqlari) bu tanlovda qatnasha olmaydi.

Tanlov shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 14-iyulgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtib, hisob (account) yaratish lozim.

Ariza shakli ingliz tilida toʻldiriladi.

Tanlovning oʻtgan yilgi gʻoliblari suratlarini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov shartlari va koʻp beriladigan savollarni toʻliq oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!