×

Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!


Grant

MUHLAT

30.06.2026

QOLGAN VAQT

55 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

6985 marta

UNESCO tashkiloti 14-25 yoshlilar uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” 8-xalqaro suratlar tanloviga ishlar qabul qilmoqda.

Tanlovning bu yilgi mavzusi: Living Heritage along the Silk Roads (Ipak yoʻli boʻylab jonli meros).

Ipak yoʻlining umumiy merosi nafaqat yodgorliklar, shaharlar va tarixiy obidalarda, balki jamoalarning ushbu tarixiy yoʻnalishlar boʻylab madaniy hayot davomiyligini taʼminlash orqali avloddan avlodga saqlab, moslashtirib kelgan nomoddiy madaniy ifodalar va kundalik udumlarda ham oʻz aksini topgan. “Jonli meros” deb ataluvchi bu amaliyotlar Ipak yoʻlining umumiy madaniy merosini asrash va kelgusi avlodlarga yetkazishda markaziy oʻrin tutgan.

Bu yil 8-marta oʻtkazilayotgan ush tanlovga 14 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar “Ipak yoʻllari boʻylab jonli meros” mavzusini yorituvchi rasmlarini taqdim etishga taklif qilinadi. Ushbu mavzu orqali fototanlov anʼanalar, madaniy va marosimiy amaliyotlar birgalikda bu yoʻllar bilan bogʻlangan turli mintaqalar xalqlarining oʻzaro tutash tarixini qanday aks ettirishini koʻrsatib berishni maqsad qilgan.

Jumladan, quyidagilar aks etgan rasmlarni yuborish mumkin (lekin faqat shular bilan cheklanmaydi):

  • Toʻquvchilik, kashtadoʻzlik, kulolchilik kabi hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchi hunarmandlar, umumiy anʼanaviy nou-xau yoki jonli madaniy merosning boshqa koʻrinishlari.
  • Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan anʼanaviy sport turlari va oʻyinlar.
  • Jamoalar tomonidan ijro etiladigan musiqa, cholgʻu asboblari, raqs yoki ogʻzaki hikoyachilik.
  • Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan pazandachilik anʼanalari, gastronomiya va oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash.
  • Ipak yoʻli boʻylab joʻshqin madaniy va intellektual almashinuvlarga turtki boʻlgan bilim, koʻnikma va gʻoyalarning jonli uzatilishi.
  • Turli jamiyatlarda bayramlar, hayotiy bosqichlar yoki kundalik lahzalar davomidagi jamoalararo va koʻp madaniyatli yigʻinlar.
  • Ipak yoʻli hududlaridagi shaxslar va jamoalarning madaniy oʻziga xosligi, matonati va bilimini, shuningdek, quvonch, shodiyona, taʼlim olish va kundalik hayot lahzalarini aks ettiruvchi portretlar..

Bu yilgi tanlov mavzusi va qanday mavzudagi rasmlar qabul qilinshi bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Tanlovga quyidagi 2 toifa boʻyicha qatnashish mumkin:

  1. 14-17 yoshlilar.
  2. 18-25 yoshlilar.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Grant kimlar uchun?

14 yoshdan 25 yoshgacha boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov doirasida har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) saralab olinadi va ular quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: bitta 18-55 mm linzali obyektivga professional raqamli refleks fotoapparat.
  • 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
  • 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Talablar:

Dasturda qatnashish talab va shartlari quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari bu tanlovda qatnasha oladi.
  • Tanlovda 14-25 yoshlilar qatnasha oladi.
  • 14-17 yoshlilar toifasi boʻyicha qatnashayotganlar vasiydan (ota, ona, qonuniy vasiy va h.k.) ruxsatnoma taqdim etishi lozim. Ushbu ruxsatnoma namunasini BU YERDAN topasiz.
  • Koʻpi bilan 20 tagacha surat topshirish mumkin.
  • Suratlar JPEG yoki JPG formatida boʻlishi kerak.
  • Har bir surat yoki suratlar seriyasi uchun izoh ham boʻlishi kerak (ingliz tilida).
  • Gorizontal suratlarning eni kamida 1500 piksel, vertikal suratlarning balandligi kamida 1500 piksel boʻlishi lozim.
  • Suratlarda tanlov mavzusiga oid lavhalar ochib berilishi kerak.
  • UNESCO va China World Peace Foundation tashkilotlari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, farzandlari, aka, uka, opa yoki singillari, turmush oʻrtoqlari) bu tanlovda qatnasha olmaydi.
  • AI (sunʼiy intellekt) tomonidan yaratilgan suratlarni topshirish taqiqlanadi.

Tanlov shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtib, hisob (account) yaratish lozim.

Ariza shakli ingliz tilida toʻldiriladi.

Tanlovning oʻtgan yilgi gʻoliblari suratlarini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov shartlari va koʻp beriladigan savollarni toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan SilkRoadsPhotoContest@unesco.org email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!