×

Juru kompaniyasidan bakalavrlar, magistrlar va OTMni yaqinda bitirganlar uchun O’zbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

28.02.2026

QOLGAN VAQT

11 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

19069 marta

Juru kompaniyasi bakalavriatning 3-4-bosqich talabalari, magistratura talabalari va shu bosqichlarni yaqinda bitirgan nomzodlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturini eʼlon qildi.

Amaliyot Juru kompaniyasining Toshkentdagi ofisida oʻtaladi va 3 oy davom etadi. Amaliyot 2026-yil may oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Quyidagi sohalardan birida amaliyot oʻtash mumkin:

  • Biodiversity
  • Environmental
  • Energy Efficiency
  • Analyst / Economist
  • Electrical Engineering (OHTL)
  • Electrical Engineering (Primary)
  • Electrical Engineering (Secondary)
  • Civil Engineering (OHTL)
  • Civil Engineering (Structure)
  • Water Supply / Wastewater/ Drainage (WSS)
  • HVAC Engineering
  • FA/FD Engineering
  • Project coordinating
  • Business Development
  • HR
  • IT

Juru haqida: Juru energetika sohasiga yoʻnaltirilgan xalqaro konsalting va muhandislik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan va Toshkentda ham yirik operatsion ofisi mavjud. Ushbu kompaniya 2015-yilda tashkil etilgan boʻlib, davlat va xususiy tashkilotlar uchun energiya, infratuzilma, binolar va atrof-muhit sohasida kompleks yechimlarni taqdim etish uchun mutaxassislar, tahlilchilar, muhandislar va dizaynerlarning dinamik jamoasini bir yerga toʻplagan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning 3-4-kurs talabalari, magistratura talabalari va OTMni yaqinda bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oyiga 4 mln soʻm haq toʻlanadi.
  • Dastur amaliy tajriba berish orqali bilimlaringizni real hayotda qoʻllashingizga yordam beradi.
  • Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin ishga joylashish imkoniyatlari mavjud.
  • Treyninglar va ijtimoiy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan kurslarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin tavsiyanoma beriladi.
  • Toshkent markazidagi ofisda ishlash uchun qulay sharoit taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar bakalavriatning 3-4-kurs talabasi, magistratura talabasi yoki shu bosqichlarni yaqinda tugatgan boʻlishi kerak.
  • Tartibli, tirishqoq va intiluvchan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilishlari kerak (ayniqsa yozma).
  • Muammolarni hal qilish qobiliyatiga va tahliliy koʻnikmalarga ega boʻlish kerak.
  • Kuchli ogʻzaki va yozma muloqot koʻnikmalariga ega boʻlish kerak.
  • Google Workspace dasturidan yaxshi foydalana olish lozim.
  • Nomzodlarning shunga oʻxshash sohada avvalgi amaliyot/ish tajribasiga ega bo’lishi, rus va oʻzbek tillarini bilishi qoʻshimcha afzallik hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni 5 bosqichda amalga oshiriladi.

1- bosqich: Ariza shaklini topshirish. Bunda nomzodlar maxsus ariza shaklini ingliz tilida toʻldirishi va topshirishi kerak. Ariza shakliga CV (ingliz tilida) yuklash talab etiladi. Arizalar 2026-yil 28-fevralgacha topshirilishi lozim.

2-bosqich: Kognitiv qobiliyatlarni sinash. Qisqa roʻyxatiga kiritilgan nomzodlar onlayn testni topshirish uchun taklifnoma oladi. Ushbu test muammolarni yechish, tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyatlari va boshqa koʻnikmalarni baholaydi. Bu bosqichga oʻtgan nomzodlarga batafsil maʼlumot taqdim etiladi.

3-bosqich: Vazifa bajarish. 2-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar muayyan vaqt ichida vazifa bajarishi kerak boʻladi.

4-bosqich: Jamoa bilan suhbat. 3-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan suhbat qilinadi.

5-bosqich: Kadrlar boʻlimi boshligʻi (HR) bilan suhbat. Bu suhbatda nomzodlarning koʻnikmalari tekshiriladi.

Har bir bosqichdan keyin faqat shu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlarga xabar beriladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!