×

Juru Energy kompaniyasidan bakalavr, magistrlar va OTMni bitirganiga 2 yildan oshmaganlar uchun O’zbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

20.02.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5072 marta

Juru Energy kompaniyasi bakalavriatning 3-4-bosqich talabalari, magistratura talabalari va ushbu bosqichlarni bitirganiga 2 yildan oshmagan nomzodlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturini eʼlon qildi.

Amaliyot Juru Energy kompaniyasining Toshkentdagi ofisida oʻtaladi va 3 oy davom etadi. Amaliyot 2023-yil 3-apreldan boshlanishi rejalashtirilgan.

Quyidagi lavozimlardan birida amaliyot oʻtash mumkin:

  • Renewable Energy Engineer (solar, wind)
  • Electrical engineer
  • Power System Engineer
  • SCADA/Automation Engineer
  • Mechanical/Thermal engineer
  • Civil Engineer
  • HVAC Engineer
  • Water Supply / Wastewater/ Drainage Engineer
  • Environmental Specialist
  • Biodiversity Specialist
  • Socio-Economic Specialist
  • Energy Analyst/ Economist
  • Low Carbon Specialist
  • Business Development Assistant
  • HR Assistant

Juru Energy haqida: Juru Energy energetika sohasiga yoʻnaltirilgan xalqaro konsalting va muhandislik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan va Toshkentda ham yirik operatsion ofisi mavjud. Ushbu kompaniya 2015-yilda tashkil etilgan boʻlib, davlat va xususiy tashkilotlar uchun energiya, infratuzilma, binolar va atrof-muhit sohasida kompleks yechimlarni taqdim etish uchun mutaxassislar, tahlilchilar, muhandislar va dizaynerlarning dinamik jamoasini bir yerga toʻplagan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning 3-4-kurs talabalari, magistratura talabalari va va shu bosqichlarni bitirganiga 2 yildan oshmagan bitiruvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Amaliyot davri uchun haq toʻlanadi.
  • Dastur amaliy tajriba berish orqali bilimlaringizni real hayotda qoʻllashingizga yordam beradi.
  • Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin ishga joylashish imkoniyatlari mavjud.
  • Treyninglar va ijtimoiy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan kurslarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin tavsiyanoma beriladi.
  • Toshkent markazidagi ofisda ishlash uchun qulay sharoit taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar bakalavriatning 3-4-kurs talabasi, magistratura talabasi boʻlishi yoki shu bosqichlarni bitirganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Tartibli, tirishqoq va intiluvchan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilishlari kerak (ayniqsa yozma).
  • Muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
  • Kuchli ogʻzaki va yozma muloqot koʻnikmalariga ega boʻlish kerak.
  • Microsoft Office dasturlaridan yaxshi foydalana olish lozim.
  • Nomzodlarning shunga oʻxshash sohada avvalgi amaliyot/ish tajribasiga ega bo’lishi, rus va oʻzbek tillarini bilishi qoʻshimcha afzallik hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1- bosqich: Ariza shaklini topshirish. Bunda nomzodlar maxsus ariza shaklini ingliz tilida toʻldirishi va topshirishi kerak. Ariza shakliga CV (ingliz tilida) yuklash talab etiladi. Arizalar 2023-yil 20-fevralgacha topshirilishi lozim.

2-bosqich: Test/vazifa bajarish. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar test/vazifa bajarishi kerak boʻladi.

3-bosqich: 2-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan yuzma-yuz suhbat qilinadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlar dasturga qabul qilinadi.

Yakuniy natijalar 2023-yil 25-mart oyida eʼlon qilinadi va amaliyot 2023-yil 3-apreldan boshlanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!