×

Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

16.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

8689 marta

The Summer School of Journalism and Socio-cultural Research — Jurnalistika va ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar yozgi maktabi butun dunyo boʻylab yosh jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun tashkil qilingan shaxsiy intensiv dasturdir. Bu yil ushbu yozgi maktab mashgʻotlari 2024-yilning 14-iyulidan 27-iyuliga qadar Germaniyaning Dortmund shahrida boʻlib oʻtadi. Yozgi maktab turli media-treninglardan iborat boʻlib, ishtirokchilarning oʻzaro aloqalarini (networking) kengaytirish uchun noyob imkoniyat hisoblanadi.

Ushbu dasturga har yili 30 nafargacha ishtirokchi qabul qilinadi.

Kurs davomida qatnashchilari professional muharrirlar boshchiligida tashkil etiluvchi seminarlarda oʻz media loyihalarini rivojlantirish va dastur soʻnggiga qadar toʻliq shakllantirish imkoniyatiga ega boʻladi. Dastur mashgʻulotlari 1-haftada ingliz tilida, 2-haftada rus tilida olib boriladi.

Bu yilgi mavsum ushbu mavzular boʻyicha boʻlib oʻtadi:

  • Media freedom and digital authoritarianism
  • The Russian media system before and after 2022
  • Ethical dilemmas in journalism and ways to overcome them
  • Journalist safety
  • Investigative journalism: methods, sources of information, and circumventing sanctions
  • Media management
  • Storytelling and documentary filmmaking
  • The art of Reels
  • The role of the Global South in the world

Bu yozgi maktabi oʻz ishida xalqaro jurnalistika standartlariga tayangan holda, ushbu sohada boshlangʻich bilimga ega boʻlgan va jamiyatni xabardor qilish istagida boʻlganlar uchun moʻljallangan. Trening yakunida ishtirokchilar istalgan formatdagi shaxsiy media-loyihasini amalga oshirishlari kerak boʻladi. Avvalgi mavsum bitiruvchilarining media-loyihalari bilan BU YERDA tanishish mumkin.

Loyihaning mavzusi va janriga qarab, ishtirokchilar uchun murabbiylik qiladigan kuratorlar tanlanadi. Maktab oʻz media hamkorlarining platformalarida eng yaxshi materiallarni nashr etishda yordam berishi mumkin. Dam olish kunlarida qatnashchilar uchun madaniy va sport tadbirlari tashkil qilinadi yoki ular oʻzlarining dam olish kunlarini rejalashtirishlari ham mumkin. Lekin dastur davomida ishlash uchun ruxsat berilmaydi.

Mazkur dastur Boris Nemtsov jamgʻari tomonidan tashkillashtiriladi.

Grant kimlar uchun?

Kamida 18 yosh boʻlgan jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Yozgi maktabda ishtirok etish bepul.
  • Qatnashchilarning transport, turar joy, shuningdek, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi. Boshqa xarajatlarni ishtirokchilar oʻz zimmasiga olishi kerak.
  • Tashkilot qabul qilingan ishtirokchilarga Shengen vizasini olishda koʻmaklashadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yoshga toʻlgan boʻlish kerak.
  • Jurnalistika va unga aloqador sohalarda (media, fuqarolik aktivizmi, tadqiqot faoliyati, sotsiologiya, siyosiy fanlar) 3 yilgacha tajribaga ega boʻlish tavsiya etiladi (bu talab majburiy emas, tajribaga ega boʻlmaslik ushbu dasturga ariza topshirish uchun toʻsqinlik qilmaydi).
  • Nomzodlar ingliz va rus tilini yetarli darajada bilishi lozim (kamida B2 darajada).
  • Media loyiha uchun aniq shakllantirilgan kosepsiyaga ega boʻlishlari kerak. Ariza shaklida media loyiha bilan bogʻliq savollar mavjud. Avvalgi ishtirokchilarning media loyihalari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun har yili bahor oylarida arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi mavsum uchun nomzodlar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 16-mart tonggi 2:59 ga qadar arizalarni topshirishni yakunlashi kerak. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiriladi.

Ariza topshirishda ishtirokchilardan media loyihasi konsepsiyasi taqdim etilishi soʻraladi. Media loyiha konsepsiyasi — bu yozgi maktabni yakunlash uchun ishlayotgan media loyihaning qisqacha tavsifi. Loyihalar maqola yoki jurnalistik reportaj, fotoreportaj, hujjatli film, podkast, multimedia loyihasi va boshqa shakllarda taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlardan jurnalistik loyihasining mavzusini aniq bayon etish, uning dolzarbligini tushuntirish, loyiha formatini belgilash va dastlabki ish rejasini ishlab chiqishlari soʻraladi. Loyihaning real boʻlishi va muallif uni yil oxirigacha bajarishga tayyor boʻlishi muhimdir. Dastur yakka tartibdagi jismoniy shaxslar uchun moʻljallanganligi bois jamoa takliflar koʻrib chiqilmaydi. Biroq loyiha davomida ishtirokchilar boshqalarni jalb qilishi mumkin.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bila va dastur talablari bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Dastur boʻyicha boshqa savollarga summerschool@nemtsovfund.org orqali javob olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!