The Summer School of Journalism and Socio-cultural Research — Jurnalistika va ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar yozgi maktabi butun dunyo boʻylab yosh jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun tashkil qilingan shaxsiy intensiv dasturdir. Ushbu yozgi maktab har yili iyul oyining oʻrtalaridan avgust oyining boshigacha Pragada Charlz universitetining falsafa boʻlimida oʻtkaziladi. Bu yil esa 2023-yilning 16-iyulidan 29-iyuliga qadar Germaniyaning Bochum shahridagi Ruhr universitetida boʻlib oʻtadi. Yozgi maktab turli media-treninglardan iborat boʻlib, ishtirokchilarning oʻzaro aloqalarini (networking) kengaytirish uchun noyob imkoniyat hisoblanadi.
Kurs davomida qatnashchilari professional muharrirlar boshchiligida tashkil etiluvchi seminarlarda oʻz media loyihalarini rivojlantirish va dastur soʻnggiga qadar toʻliq shakllantirish imkoniyatiga ega boʻladi. Darslarning aksariyati rus tilida olib boriladi.
Bu yilgi mavsum ushbu mavzular boʻyicha boʻlib oʻtadi:
- Matn va hikoya bilan ishlash — работа с текстом и сторителлинг
- Ilm-fanni ommalashtirish — популяризация науки
- Media menejment — медиаменеджмент
- Tadqiqot jurnalistikasi — журналистские расследования
- Ommaviy axborot vositalarida sunʼiy intellekt vositalari — инструменты искусственного интеллекта в медиа
Bu yozgi maktabi oʻz ishida xalqaro jurnalistika standartlariga tayangan holda, ushbu sohada boshlangʻich bilimga ega boʻlgan va jamiyatni xabardor qilish istagida boʻlganlar uchun moʻljallangan. Trening yakunida ishtirokchilar istalgan formatdagi shaxsiy media-loyihasini amalga oshirishlari kerak boʻladi. Avvalgi mavsum bitiruvchilarining media-loyihalari bilan BU YERDA tanishish mumkin.
Loyihaning mavzusi va janriga qarab, ishtirokchilar uchun murabbiylik qiladigan kuratorlar anlanadi. Maktab oʻz media hamkorlarining platformalarida eng yaxshi materiallarni nashr etishda yordam berishi mumkin. Dam olish kunlarida qatnashchilar uchun madaniy va sport tadbirlari tashkil qilinadi yoki ular oʻzlarining dam olish kunlarini rejalashtirishlari ham mumkin. Lekin dastur davomida ishlash uchun ruxsat berilmaydi.
Mazkur dastur Boris Nemtsov jamgʻari tomonidan tashkillashtirilar.
Grant kimlar uchun?
Kamida 18 yosh boʻlgan jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- Yozgi maktabda ishtirok etish bepul.
- Qatnashchilarning transport, turar joy, shuningdek, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi. Boshqa xarajatlarni ishtirokchilar oʻz zimmasiga olishi kerak.
- Tashkilot tanlangan ishtirokchilarga viza olishda yordam boʻlishi uchun qabul xati taqdim etadi. Biroq Germaniyaga kirish uchun viza olishiga kafolat bermaydi
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yoshga toʻlgan boʻlish kerak.
- Jurnalistika va unga aloqador sohalarda (media, fuqarolik aktivizmi, tadqiqot faoliyati, sotsiologiya, siyosiy fanlar) tajribaga ega boʻlish kerak.
- Dastur rus tilida olib borilgani sabab nomzod rus tili yaxshi bilishi kerak.
- Media loyiha uchun aniq shakllantirilgan kosepsiyaga ega boʻlishlari kerak. Ariza shaklida media loyiha bilan bogʻliq savollar mavjud. Avvalgi ishtirokchilarning media loyihalari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun har yili bahor oylarida arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi mavsum uchun nomzodlar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 22-aprel tonggi 2:59 ga qadar arizalarni topshirishni yakunlashi kerak. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiriladi.
Ariza topshirishda ishtirokchilardan media loyihasi konsepsiyasi taqdim etilishi soʻraladi. Media loyiha konsepsiyasi — bu yozgi maktabni yakunlash uchun ishlayotgan media loyihaning qisqacha tavsifi. Loyihalar maqola yoki jurnalistik reportaj, fotoreportaj, hujjatli film, podkast, multimedia loyihasi va boshqa shakllarda taqdim etilishi mumkin.
Nomzodlardan jurnalistik loyihasining mavzusini aniq bayon etish, uning dolzarbligini tushuntirish, loyiha formatini belgilash va dastlabki ish rejasini ishlab chiqishlari soʻraladi. Loyihaning real boʻlishi va muallif uni yil oxirigacha bajarishga tayyor boʻlishi muhimdir. Dastur yakka tartibdagi jismoniy shaxslar uchun moʻljallanganligi bois jamoa takliflar koʻrib chiqilmaydi. Biroq loyiha davomida ishtirokchilar boshqalarni jalb qilishi mumkin.
MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bila va dastur talablari bilan yaxshilab tanishib chiqing.
Dastur boʻyicha boshqa savollarga summerschool@nemtsovfund.org orqali javob olishingiz mumkin.