Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi Stenford universitetining Demokratiya, taraqqiyot va qonun ustuvorligi markazi (CDDRL) va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Leadership Academy for Development Program in Central Asia dasturini tashkil etmoqda. Ushbu kurs Markaziy Osiyodagi xususiy va davlat sektori islohoti yetakchilarining bozor islohotlari va davlat-xususiy muloqot orqali inklyuziv, iqtisodiy oʻsish va rivojlanishga oid bilimlarini oshirishga moʻljallangan.
Dastur ikki bosqichda olib boriladi:
1-bosqich. Bunda ishtirokchilar 2023-yil 21-25-avgust kunlari Olmaota Menejment Universiteti tomonidan oʻtkaziladigan kursda ishtirok etishadi. Ushbu bosqichda talabalar xalqaro olimlar va mahalliy mutaxassislardan iborat malakali jamoa boshchiligida Markaziy Osiyoga tegishli muammolarni keltirib chiqaradigan bir qator amaliy tadqiqotlar bilan shugʻullanadilar. Talabalar real iqtisodiy siyosat masalalariga yechim topish uchun manfaatdor tomonlarning toʻliq tahlilini ishlab chiqishni oʻrganadilar va ular loyihaga asoslangan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish hamda hafta davomida olgan bilimlarini qoʻllash tajribasiga ega boʻladigan guruh mashgʻulotlarida qatnashadi. Hafta oxirida har bir guruh oʻz muammolarini tahlil qilib, oʻz muammolarini hal qilish boʻyicha taklif qilingan siyosat strategiyalarini taqdim etadi va ular boshqa talaba guruhlarining savollari va qiyinchiliklariga qarshi oʻz pozitsiyalarini himoya qiladilar.
2-bosqich. Bu bosqich onlayn boʻlib oʻtadi, yaʼni ishtirokchilar 2023-yil davomida maʼlum belgilangan sanalarda boshqa LAD kurslari bilan bogʻliq onlayn sessiyalar oʻtkaziladi. Dasturning ikkinchi bosqichida ishtirokchilar birinchi bosqichni tugatgandan soʻng yaqinda oʻrgangan koʻnikmalarini qoʻllash boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashish uchun Stanford Universitetining Demokratiya, taraqqiyot va qonun ustuvorligi markazi fakulteti bilan bogʻlanadilar. LAD dasturi bitiruvchilari yuqori tajribali professorlar bilan suhbatlashadi hamda dastur davomida oʻrgangan koʻnikmalarni global miqyosda hukumat va xususiy sektor oʻrtasidagi iqtisodiy siyosat muloqotlarini rivojlantirish uchun qanday qoʻllash kerakligini oʻrganadi.
Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Yetakchilik qobilyatiga ega yoshlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, ishtirok, safar (borish va kelish) va turar joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
- Professional (kasbiy) tajriba.
- Yetakchilik tajribasi.
- Dialoglar orqali oʻz mamlakatida iqtisodiy va bozor siyosati islohotlariga hissa qoʻshishga boʻlgan qiziqish.
- Ingliz tilini bilish darajasi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar 2023-yil 5-iyungacha kerakli hujjatlarni abarro@cipe.org elektron pochta manzili orqali Albert Barroga yuborishlari lozim.
Kerakli hujjatlar:
- CV.
- Statemet of Purpose. Bunda ishtirokchining qiziqishi, tegishli maʼlumot va dasturda ishtirok etish sabablari, shu jumladan arizachi kasbiy hayotda olingan koʻnikmalardan qanday foydalanishini koʻrsatilishi kerak.
- Rahbar yoki nomzodning kasbiy faoliyati va maʼlumotlari bilan tanish boʻlgan shaxsdan tavsiyanoma.
Dasturning yakuniy natijalari 2023-yil 19-iyulgacha eʼlon qilinadi.
MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha murojaatlar bilan abarro@cipe.org manziliga bogʻlanishingiz mumkin.