IMF Youth Fellowship Program (YFP) – butun dunyoda boʻylab 20-35 yoshli yetakchilarga Xalqaro valyuta fondining yaxshiroq hamda barqaror rivojlanish borasidagi harakatlarida ishtirok etish va global iqtisodiy muammolarga javob harakatlariga qoʻshilish imkonini beruvchi dasturdir.
Dasturga qabul qilinganlar Fondning rahbar xodimlari va tashqi ekspertlar tomonidan olib boriladigan seminarlarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, ishtirokchilar olimlar, faollar, yetakchilar va ekspertlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shu bilan birga butun dunyodagi boshqa yoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatadi.
Bu yilgi dastur doirasida Xalqaro valyuta fondi saralangan ishtirokchilarning Jahon banki va Xalqaro valyuta fondining Marrakesh shahrida (Marokash) oʻtkaziladigan yillik uchrashuvlarida qatnashishiga homiylik qiladi. Bu uchrashuvlar 2023-yil 9-15-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Grant kimlar uchun?
20-35 yoshli yetakchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻlad:
- Ekspert, olim va mutaxassislarning seminarlari.
- Dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan yetakchilar bilan doimiy aloqa oʻrtanish.
- 2023-yil 9-15-oktabr kunlari Marokashda oʻtkazildigan tadbirda qatnashish. Bunda tadbirda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, borish va kelish xarajatlari ham qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- 2023-yil 15-oktabr holatiga koʻra 20-35 yosh boʻlish lozim.
- Quyidagilardan birida yoki bir nechtasida tajribaga ega boʻlish kerak:
– Ijtimoiy aktivizm va/yoki fuqarolik jamiyati tashkiloti faoliyatida ishtirok etish.
– Tadbirkorlik va/yoki biror startapdagi ishtirok.
– Kontent yaratish / influyenser va/yoki mustaqil platformalarga hissa qoʻshish. - Xalqaro tadqiqotlar, bazaviy iqtisodiyot, shuningdek, rivojlanishga oid muammolar, xususan, inkluziv iqtisodiy oʻsish, raqamli iqtisodiyot yoki iqlim oʻzgarishi sohasida bilim va tajribaga ega boʻlish kerak.
- Xalqaro aloqalar va rivojlanish, kommunikatsiyalar, iqtisod yoki shularga oid sohalardan birini bitirgan boʻlish yoki shu sohalar boʻyicha oʻqiyotgan talaba boʻlish kerak.
- Omma oldida nutq soʻzlash va taqdimot koʻnikmaari yaxshi boʻlishi kerak.
- Xalqaro valyuta fondiga aʼzo davlatlardan birining fuqarosi boʻlish kerak (Oʻzbekiston aʼzo).
- Hozirda hukumat muassasasi vakili boʻlmasligi kerak.
- Avval ushbu dasturda ishtirok etmagan boʻlish kerak.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2023-yil 30-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin (“APPLY TO FELLOWSHIP HERE” tugmasini bosing).
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.