URBAN.TECH UZBEKISTAN — ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan hakaton tanlovidir.
Bu tanlovda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar 4 kishidan iborat jamoa tuzgan holda oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha berilgan vazifaga yechim topish ustida ishlaydi.
Bu yilgi musobaqa quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi (jamoalar shu yoʻnalishlardan birini tanlashi mumkin):
- AI in Social Life (Ijtimoiy hayotda SI) – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ijtimoiy faollik va ijtimoiy texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog’liq yechimlar ishlab chiqish.
- AI in Education (Fan va ta’limda SI) – Ko’p turdagi axborotkommunikatsiya texnologiyalarining integratsiyasi orqali fan va ta’limda boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish.
- AI in Industry (Sanoat va ishlab chiqarishda SI) – Sanoat va ishlab chiqarishda avtomatik boshqaruv tizimlari, robototizatsiya va SI asoslari.
- AI in Healthcare (Tibbiyot va sog’likda SI) – Tibbiyot va sog’liqni saqlash tizimini AKT yordamida rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish va sun’iy intelekt yordamida tashxis qo’yish va boshqalar;
Grant kimlar uchun?
18-40 yosh boʻlgan barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu tanlovning mukofot jamgʻarmasi 200 mln soʻmni tashkil qiladi. Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻolib boʻlgan jamoa 50 mln soʻm bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Tanlovda ishtirok etish shartlari va talablari quyidagicha:
- Musobaqalarda ishtirokchilar faqat jamoa shaklida ishtirok etishlari mumkin.
- Jamoada 4 kishi boʻlishi lozim.
- Jamoaning barcha aʼzolari 16 yoshdan katta va 40 yoshdan kichik boʻlishi kerak.
- Ishtirokchi faqat bitta jamoa aʼzosi boʻlishi mumkin.
- Nomzodlar jamoasi boʻlmagan taqdirda tashkilotchi tomonidan tuzilgan jamoada ishlashga rozi boʻlishi kerak.
- Jamoa oʻz sardoriga ega boʻlishi kerak.
- Jamoadagi aʼzolar quyidagilardan birini bajarishi zarur:
– front-end dasturlash;
– back-end dasturlash;
– full-stack dasturlash;
– AI/ML boʻyicha mutaxassis;
– UI/UX-dizayni;
– grafik dizayni;
– Android dasturlash;
– iOS (Swift) dasturlash;
– muhandis dasturlash;
– tahlil;
– marketing;
– biznes tahlil;
– loyiha menejer.
Dasturga qabul jarayoni:
Musobaqada qatnashish uchun 2023-yil 10-avgustgacha roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish uchun BU YERDAGI arizani toʻldirib, topshirish kerak.
Nomzodlar birdan toʻliq jamoa (4 kishidan iborat) shaklida, notoʻliq jamoa shaklida (2-3 kishidan iborat) yoki yakka tartibada roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Musobaqa 2023-yilning 16-18-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Bunda:
- 16-avgust: shakllangan jamoalar keyslardan birini tanlashadi va ular bo’yicha to’liq ma’lumotlar olishadi.
- 17-avgust: jamoalar o’z yechimlarini mutaxassislarga taqdim etishadi va fikr-mulohazalar olishadi.
- 18-avgust: jamoalar tomonidan yakuniy taqdimot bo’lib o’tadi, unda tanlov natijalari va g’oliblar e’lon qilinadi.
MUHIM: Roʻyxatdan oʻtishdan avval rasmiy eʼlon va hakaton Nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel.: +998 99 899 39 96
Email: info@innotechnopark.com