×

Urban.Tech Uzbekistan-2023 hakaton musobaqasi: mukofot jamgʻarmasi 200 mln soʻm!


Grant

MUHLAT

10.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1746 marta

URBAN.TECH UZBEKISTAN — ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan hakaton tanlovidir.

Bu tanlovda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar 4 kishidan iborat jamoa tuzgan holda oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha berilgan vazifaga yechim topish ustida ishlaydi.

Bu yilgi musobaqa quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi (jamoalar shu yoʻnalishlardan birini tanlashi mumkin):

  • AI in Social Life (Ijtimoiy hayotda SI) – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ijtimoiy faollik va ijtimoiy texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog’liq yechimlar ishlab chiqish.
  • AI in Education (Fan va ta’limda SI) – Ko’p turdagi axborotkommunikatsiya texnologiyalarining integratsiyasi orqali fan va ta’limda boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish.
  • AI in Industry (Sanoat va ishlab chiqarishda SI) – Sanoat va ishlab chiqarishda avtomatik boshqaruv tizimlari, robototizatsiya va SI asoslari.
  • AI in Healthcare (Tibbiyot va sog’likda SI) – Tibbiyot va sog’liqni saqlash tizimini AKT yordamida rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish va sun’iy intelekt yordamida tashxis qo’yish va boshqalar;

Grant kimlar uchun?

18-40 yosh boʻlgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu tanlovning mukofot jamgʻarmasi 200 mln soʻmni tashkil qiladi. Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻolib boʻlgan jamoa 50 mln soʻm bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish shartlari va talablari quyidagicha:

  • Musobaqalarda ishtirokchilar faqat jamoa shaklida ishtirok etishlari mumkin.
  • Jamoada 4 kishi boʻlishi lozim.
  • Jamoaning barcha aʼzolari 16 yoshdan katta va 40 yoshdan kichik boʻlishi kerak.
  • Ishtirokchi faqat bitta jamoa aʼzosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzodlar jamoasi boʻlmagan taqdirda tashkilotchi tomonidan tuzilgan jamoada ishlashga rozi boʻlishi kerak.
  • Jamoa oʻz sardoriga ega boʻlishi kerak.
  • Jamoadagi aʼzolar quyidagilardan birini bajarishi zarur:
    – front-end dasturlash;
    – back-end dasturlash;
    – full-stack dasturlash;
    – AI/ML boʻyicha mutaxassis;
    – UI/UX-dizayni;
    – grafik dizayni;
    – Android dasturlash;
    – iOS (Swift) dasturlash;
    – muhandis dasturlash;
    – tahlil;
    – marketing;
    – biznes tahlil;
    – loyiha menejer.

Dasturga qabul jarayoni:

Musobaqada qatnashish uchun 2023-yil 10-avgustgacha roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish uchun BU YERDAGI arizani toʻldirib, topshirish kerak.

Nomzodlar birdan toʻliq jamoa (4 kishidan iborat) shaklida, notoʻliq jamoa shaklida (2-3 kishidan iborat) yoki yakka tartibada roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Musobaqa 2023-yilning 16-18-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Bunda:

  • 16-avgust: shakllangan jamoalar keyslardan birini tanlashadi va ular bo’yicha to’liq ma’lumotlar olishadi.
  • 17-avgust: jamoalar o’z yechimlarini mutaxassislarga taqdim etishadi va fikr-mulohazalar olishadi.
  • 18-avgust: jamoalar tomonidan yakuniy taqdimot bo’lib o’tadi, unda tanlov natijalari va g’oliblar e’lon qilinadi.

MUHIM: Roʻyxatdan oʻtishdan avval rasmiy eʼlon va hakaton Nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel.: +998 99 899 39 96

Email: info@innotechnopark.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!