×

The Young Leadership Program: 18-25 yoshli nomzodlar uchun yetakchilik boʻyicha 3 oylik bepul dastur


Grant

MUHLAT

22.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5849 marta

Young Leadership Program (YouLP) Mahorat & Management va Oʻzbekistondagi Fridrix-Ebert jamgʻarmasi (FES) tomonidan tashkil etilgan dastur bo’lib, Oʻzbekiston yoshlarining yetakchilik, shaxslararo munosabatlar va jamiyatda faollik koʻnikmalarini rivojlantirishni maqsad qilgan. 

Dastur besh modulli uzluksiz kasbiy rivojlanish o’quv kursidan iborat bo’lib, 3 oy davom etadi. Dastur doirasida mahalliy ekspertlar bilan yuzma-yuz ma’ruzalar, xorijdan kelgan mutaxassislar ishtirokidagi onlayn ZOOM yoki Telegram chat uchrashuvlar, keys tahlillari, joylarga safarlar tashkil etiladi. Har bir modul 8 soat davom etadi hamda ingliz tilida olib boriladi.

Bu dastur amaliyot dasturini ham oʻz ichiga oladi. Amaliyot dasturi yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirishni, jumladan, munozaralar va muloqot mashgʻulotlarini oʻz ichiga oladi. Amaliyot dasturi davomida ishtirokchilar tajribali mutaxassislar bilan media-treningda qatnashish va rasmiy ochiq munozaraga hissa qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladi.

Amaliyot mashgʻulotlari 3 oy davomida har ikki haftada bir marta (shanba va yakshanba kunlari) oʻtkaziladi. Bu amaliyot mashgʻulotlari oflayn tarzda Toshkentda oʻtkaziladi va ularda qatnashish majburiydir.

Grant kimlar uchun?

O’zbekistonlik 18-25 yoshdagi liderlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar 3 oylik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Amaliyot mashgʻulotlari davomida bepul tushlik va coffee-break taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda O’zbekistondagi 18-25 yoshdagi barcha faol yoshlar ishtirok etishi mumkin
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga arizalar 2024-yil 21-mart, soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiriladi. 

Muhim sanalar:

  • Ariza topshirish – 2024-yil 4-21-mart
  • 1-bosqich: Arizalarni ko’rib chiqish – 2024-yil 18-22-mart
  • 2-bosqich: Suhbat – 2024-yil 25-27-mart
  • Natijalarni e’lon qilish – 2024-yil 29-mart

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!