Young Leadership Program (YouLP) Mahorat & Management va Oʻzbekistondagi Fridrix-Ebert jamgʻarmasi (FES) tomonidan tashkil etilgan dastur bo’lib, Oʻzbekiston yoshlarining yetakchilik, shaxslararo munosabatlar va jamiyatda faollik koʻnikmalarini rivojlantirishni maqsad qilgan.
Dastur besh modulli uzluksiz kasbiy rivojlanish o’quv kursidan iborat bo’lib, 3 oy davom etadi. Dastur doirasida mahalliy ekspertlar bilan yuzma-yuz ma’ruzalar, xorijdan kelgan mutaxassislar ishtirokidagi onlayn ZOOM yoki Telegram chat uchrashuvlar, keys tahlillari, joylarga safarlar tashkil etiladi. Har bir modul 8 soat davom etadi hamda ingliz tilida olib boriladi.
Ma’lumot uchun, dasturning birinchi guruhi 2022-yilning kuzida boʻlib oʻtgan hamda unga Oʻzbekistondan 20 nafar faol yoshlar ishtirok etgan.
Grant kimlar uchun?
O’zbekistonlik 18-25 yoshdagi liderlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan ishtirokchilar 3 oylik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturda O’zbekistondagi 18-25 yoshdagi barcha faol yoshlar ishtirok etishi mumkin
- Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu dasturga arizalar 2023-yil 18-avgustga qadar qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn topshiriladi.
Muhim sanalar:
- Ariza topshirish – 2023-yil 1-18 avgust
- 1-bosqich: Arizalarni ko’rib chiqish – 2023-yil 19-20-avgust
- 2-bosqich: Suhbat – 2023-yil 21-25-avgust
- Natijalarni e’lon qilish – 2023-yil 30-31-avgust