Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar ovozi tashkiloti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan yosh ayol-qizlar uchun “Ilm-fan oromgohi” tashkil etilmoqda.
“Ilm-fan oromgohi” loyihasining maqsadi yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarining natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirishdan iborat.
Ushbu loyiha 2023-yil 18-22-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, “Semurg‘” oromgohida tashkil etiladi.
Grant kimlar uchun?
O’zbekistondagi yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan ayol-qizlar 5 kunlik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Oromgohda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturda O’zbekistondagi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin.
- Nomzodlar biror OTM da o’qiyotgan va/yoki ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanyotgan bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu dasturga arizalar 2023-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn topshiriladi.
ESLATMA: ariza topshirishda nomzoddan “Tadqiqot ishingiz doirasida nechta ilmiy-metodologik maqola chop ettirgansiz?” degan savol so’raladi. Bunda barcha maqolalar bitta PDF fayl holatida yuklanishi kerak.