×

Yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun bepul 5 kunlik ilm-fan oromgohi


Grant

MUHLAT

10.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3788 marta

Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar ovozi tashkiloti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan yosh ayol-qizlar uchun “Ilm-fan oromgohi” tashkil etilmoqda. 

“Ilm-fan oromgohi” loyihasining maqsadi yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarining natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirishdan iborat. 

Ushbu loyiha 2023-yil 18-22-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, “Semurg‘” oromgohida tashkil etiladi.

Grant kimlar uchun?

O’zbekistondagi yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ayol-qizlar 5 kunlik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Oromgohda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda O’zbekistondagi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzodlar biror OTM da o’qiyotgan va/yoki ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanyotgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga arizalar 2023-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn topshiriladi. 

ESLATMA: ariza topshirishda nomzoddan “Tadqiqot ishingiz doirasida nechta ilmiy-metodologik maqola chop ettirgansiz?” degan savol so’raladi. Bunda barcha maqolalar bitta PDF fayl holatida yuklanishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!