×

Camp Rising Sun: 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh!


Grant

MUHLAT

15.12.2025

QOLGAN VAQT

12 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

33321 marta

Camp Rising Sun – bu AQSHning Nyu-York shahridagi oromgohda tashkillashtiriladigan  4 haftalik dasturdir. Bu dasturda ishtirokchilar yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantiradi, bir-biridan oʻrganadi va tanishlar orttiradi.

Navbatdagi dastur mashgʻulotlari quyidagi sanalarda oʻtkaziladi:

  • Qizlar uchun: 2026-yil 28-iyundan 25-iyulgacha
  • Oʻgʻil bolalar: 2025-yil 31-iyuldan 27-avgustgacha

Dastur mashgʻulotlari toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

15-16 yosh boʻladigan oʻquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu dasturga ariza topshirish va unda qatnashish bepul. Agar ishtirokchi oilasining AQSHga safar xarajatlarini qoplashga moliyaviy jihatdan qurbi yetmasa, AQSHga borish va qaytish uchun ham moddiy yordam koʻrsatiladi (lekin bunday moddiy yordam hajmi cheklangan).

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dunyoning istalgan davlatida boʻlgan fuqarolar ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar dastur mashgʻulotlari boshlanganida kamida 15 yosh boʻlishi, shuningdek, dastur mashgʻulotlari tugagan sanada 17 ga kirmasligi kerak (yaʼni 2009-yil 28-avgust va 2011-yil 28-iyun oraligʻida tugʻilgan boʻlish lozim).
  • Ingliz tilini yetarli darajda tushunish va shu tilda gaplasha lozim. Lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.
  • Qabul qilingan ishtirokchilar AQSHga borishidan avval toʻliq tekshiruvdan oʻtishi, tegishli vaksinalar (qarshi ukollar), jumladan, COVID-19 ga qarshi vaksinalarni olgan boʻlishi kerak. Ayrim hollarda bu talab uchun istisnolar qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻzbekistonlik nomzodlardan ushbu dasturga arizalar qabuli 2025-yil 15-dekabrgacha davom etadi. Arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi (dastlab roʻyxatdan oʻtish lozim).

Ariza topshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: Dasturning rasmiy sahifasida (BU YERDA) tegishli ariza shakli toʻldiriladi. Ariza toʻldirishdan oldin ism, familiy va email manzilini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtish kerak. MUHIM: Oʻzingiz chindan ishlatadigan va login-paroli yodingizda boʻlgan email manzilini kiriting.

2-bosqich. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar intervyuga taklif qilinadi.

Onlayn arizani toʻldirgach, nomzod bitta tavsiyanoma yuborilishini ham taʼminlashi lozim. Tavsiyanomani nomzodni yaxshi biladigan biror voyaga yetgan shaxs (oʻqituvchi, murabbiy, maktab direktori, maktab maslahatchisi, toʻgarak rahbari va h.k.) taqdim etishi kerak.

Ariza ham, tavsiyanoma ham ingliz tilida toʻldirilishi lozim. Arizalar ham, tavsiyanoma ham 2025-yil 15-dekabrgacha topshirilishi lozim.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval quyidagilar bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan bu yerdagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!