×

Camp Rising Sun: 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh!


Grant

MUHLAT

15.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

15426 marta

Camp Rising Sun – bu AQSHning Nyu-York shahridagi oromgohda tashkillashtiriladigan  4 haftalik daturdir. Bu dasturda ishtirokchilar yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantiradi, bir-biridan oʻrganadi va tanishlar orttiradi.

Navbatdagi dastur mashgʻulotlari quyidagi sanalarda oʻtkaziladi:

  • Qizlar uchun: 2024-yil 27-iyun – 24-iyul
  • Oʻgʻil bolalar: 2024-yil 1-avgust – 28-avgust

Dastur mashgʻulotlari toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

15-16 yosh boʻladigan oʻquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu dasturga ariza topshirish va unda qatnashish bepul. Agar ishtirokchi oilasining AQSHga safar xarajatlarini qoplashga moliyaviy jihatdan qurbi yetmasa, AQSHga borish va qaytish uchun ham moddiy yordam koʻrsatiladi (lekin bunday moddiy yordam hajmi cheklangan).

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dunyoning istalgan davlatida boʻlgan fuqarolar ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar dastur mashgʻulotlari boshlanganida 15-16 yosh boʻlishi kerak (dastur mashgʻulotlarining boshlanish sanasi yuqorida koʻrsatilgan).
  • Ingliz tilini yetarli darajda tushunish lozim. Lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.
  • Qabul qilingan ishtirokchilar AQSHga borishidan avval toʻliq tekshiruvdan oʻtishi, tegishli vaksinalar (qarshi ukollar), jumladan, COVID-19 ga qarshi vaksinalarni olgan boʻlishi kerak. Ayrim hollarda bu talab uchun istisnolar qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻzbekistonlik nomzodlardan ushbu dasturga arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn shaklda topshiriladi.

Ariza topshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: Dasturning rasmiy sahifasida (BU YERDA) tegishli ariza shakli toʻldiriladi. Bunda nomzod qaysi davlatdan ekanini koʻrsatadi va email manzili taqdim etadi. MUHIM: Oʻzingiz chindan ishlatadigan va login-paroli yodingizda boʻlgan email manzilini kiriting. Shuningdek, Camo Rising Sun dasturi haqida qayerdan/kimdan eshitganini ham koʻrsatish kerak.

2-bosqich. 1-bosqichda tegishli shaklni toʻldirgach, tasdiqlash sahifasi ochiladi. Bu sahifada LAJF Applicant ID raqami va onlayn ariza shakliga havola koʻrsatiladi. Bu ID raqami ariza shaklini toʻldirish uchun zarur, shu uchun uni yozib oling. Soʻng onlayn ariza shakli havolasi ustiga bosasiz va ariza shakliga kirasiz.

Ariza shaklida tegishli savollarga javob yozish talab etiladi. Qizil yulduzcha bilan belgilangan savollarga javob yozish majburiydir. Qolgan savollarga javob yozish ixtiyoriy. Ixtiyoriy savollarga javob yozmaslik arizani koʻrib chiqish va qabul jarayoniga taʼsir qilmaydi.

Ushbu onlayn ariza qanday qismlar va savollardan tashkil topganini BU YERDA koʻrib olishingiz mumkin.

Onlayn arizani toʻldirgach, nomzod bitta tavsiyanoma yuborilishini ham taʼminlashi lozim. Tavsiyanomani nomzodni yaxshi biladigan biror voyaga yetgan shaxs (oʻqituvchi, murabbiy, maktab direktori, maktab maslahatchisi, toʻgarak rahbari va h.k.) taqdim etishi kerak.

Tavsiyanomani tavsiya beruvchining oʻzi maxsus onlayn shaklda maʼlumotlarni kiritish va savollarga javob berish orqali taqdim etishi kerak. Tavsiya beruvchi tavsiyonoma shaklini quyidagi sahifada toʻldirishi kerak: https://www.lajf.org/crs-camper-reference. Tavsiya beruvchi shaxsga shu havolani taqdim eting. Shu havola ustiga bosib, tavsiyanomada nimalar soʻralishini koʻrib olishingiz mumkin.

Ariza ham, tavsiyanoma ham ingliz tilida toʻldirilishi lozim. Arizalar ham, tavsiyanoma ham 2024-yil 15-yanvarigacha topshirilishi lozim.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval quyidagilar bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan apply@lajf.org email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!