O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz durdonasi bo‘lmish Samarqand shahrining turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylar tanlovi e’lon qilindi.
Ssenariylar Samarqand shahri jozibasini koʻrsatib berishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Ssenariylarni oʻzbek yoki rus tilida topshirish mumkin.
Grant kimlar uchun?
O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov doirasida 1 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi va u 30 million soʻm bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Tanlov shartlari quyidagicha:
- Ssenariy 3 daqiqalik videorolik uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak;
- Ssenariy Samarqandning diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilishga asoslangan bo‘lishi kerak;
- Ssenariy yozish talablariga to‘g‘ri kelishi kerak (ekspozitsiya, kulminatsiya, final);
- Adabiy til normalariga javob berishi kerak;
- Asoslantirilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak;
- Salbiy taassurotga ega bo‘lmasligi kerak;
- Tanlov ishtirokchisi (ssenariy muallifi) sifatida O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham qatnashishlari mumkin.
- Tanlov ishtirokchisi faqat bitta ssenariy bilan Tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Ssenariylarda quyidagilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
- Millatlararo janjallarni qo‘zg‘atuvchi mazmunidagi millatchilik va ekstremistik chaqiriqlar, giyohvand moddalarni tarqatishga, davlatga va Konstitutsiyaga qarshi mazmundagi taqiqlangan bayonotlar hamda shu kabi bayonotlarga xizmat qiluvchi lavhalar;
- Zo‘ravonlik, buzg‘unchilik sahnalari, shuningdek odamlar va hayvonlarning jismoniy azoblanishini aks ettiruvchi sahnalari bo‘lgan ssenariylar;
- Qo‘rqinchli, stressli hissiyotlar va hayajonlarni ko‘rsatuvchi matnlar, sahnalar, ovoz effektlari bor ssenariylar.
Ishtirokchi taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiqligi uchun javobgardir.
Dasturga qabul jarayoni:
Ssenariylar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Ishtirokchilar “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylarini quyidagi elektron manzilga yuborishi kerak: massmedia@nationalprcentre.com.