×

FuSEP Summer Research Program: bakalavr va magistratura talabalari uchun Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur


Grant

MUHLAT

14.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2872 marta

Future Scientist Exchange Program (FuSEP) dasturi  USTC — University of Science and Technology of China tomonidan tashkil etilgan bo’lib, hozirda bakalavr va magistraturaning fizika, kimyo, moddashunoslik, hayot haqidagi fanlar (Lice Sceince), tibbiyot, yer va kosmik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari  kabi yo’nalishlarida oʻqiyotgan talabalar uchun mo’ljallangan yozgi dastur hisoblanadi. Dastur ilm-fan va texnologiya orqali jahon muammolarini hal qilish boʻyicha fikr almashish uchun butun dunyo boʻylab yosh olimlarni bir joyga jamlashni maqsad qilgan. Ishtirokchi talabalar bilim va tajribalarini oʻzaro almashish, xalqaro muhitda kuchli mutaxassislar bilan birgalikda ishlash hamda aloqa (networking) oʻrnatish kabi imkoniyatlarga ega boʻladilar.

Dastur 2024-yil 1-iyulda 25-avgustga qadar Xitoyning Xefey shahridagi USTC oliygohida boʻlib oʻtadi. 4-8 hafta davomida talabalar USTC professorlari rahbarligidagi eksperimental guruhlarda ilmiy tadqiqot loyihalari ustida ishlaydilar.

Yozgi dastur davomiyligi quyidagicha:

  • Bakalavr talabalari uchun: 2024-yil 1-iyuldan 25-avgustgacha. Bunda ishtirokchilar kamida 4 haftadan 8 haftagacha ishtirok etishlari mumkin.
  • Magistratura talabalari uchun: 2024-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha, 1 oy davom etadi.

Dastur toʻliq ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturda ishtirok etish va roʻyxatdan oʻtish toʻlovlaridan ozod qilinadi.
  • Xalqaro borish-kelish, sugʻurta va turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Dasturda ishtirok etishganligi uchun maxsus sertifikat taqdim etiladi.
  • Dasturda qatnashgan talabalar kelgusida ushbu oliygohda toʻliq oʻqish uchun ariza topshirsa, ularga grant yutishda ustunlik beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod yozgi dastur boshlangan vaqtda oʻz universitetining kunduzgi taʼlimida fizika, kimyo, materialshunoslik, hayot fanlari, tibbiyot, Yer va kosmik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari hamda shunga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr yoki magistraturada oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Bunda bakalavr talabalari 2024-yil yozigacha tegishli mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik kunduzgi taʼlimni tamomlagan boʻlishi shart.
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak. Kamida GPA “B” (83-86%) koʻrsatkich talab etiladi.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar BU YERDA onlayn ariza shaklini toʻldirishlari va talab etilgan hujjatlarni yuklashlari kerak. Arizalar 2024- yil 14-aprelga qadar qabul qilinadi.

Ariza topshirish davomida kerakli hujjatlar:

  • CV
  • Akademik transkript
  • Bitta tavsiyanoma
  • Xitoyga kelish uchun viza talab etilsa, shaxsiy pasport maʼlumotlari sahifasi

MUHIM: USTCda muhandislik, matematika va kompyuter fanlari bo’yicha loyihalar va PIʼga qiziqqan bakalavr talabalari Yosh olimlar uchun global tadqiqot dasturi (GripS) orqali ariza topshirishlari kerak. Qabul vaqti 2024-yil 31-martgacha davom etadi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Dastur boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar bilan BU YERDA tanishing.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!