×

Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1730 dollargacha yutib oling!


Grant

MUHLAT

07.05.2026

QOLGAN VAQT

59 kun

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

7698 marta

The Korea Times tomonidan bu yil 3-marta Korean Language Speaking Contest tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovda koreys tilini biluvchi barcha xorijiy fuqarolar, qolaversa, ona tilisi koreys tili boʻlmagan xorijda yashovchi etnik koreyslar ham ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar video yaratishi va unda tegishli mavzu boʻyicha gapirishi kerak.

Tanlovda 2 xil turkum boʻyicha videolar qabul qilinadi:

1-turkum – soʻzlash: Ishtirokchilar erkin mavzu yoki tashkilotchilar tavsiya qilgan mavzulardan birida video yaratishi va videoda shu mavzu haqida koreys tilida gapirishi kerak.

  • Erkin mavzu: Kundalik hayot, sevimli mashgʻulotlar, shaxsiy tajribalar va boshqalar (taassurotlar, parodiyalar va boshqalar kabi ijodiy formatlarga ruxsat beriladi.
  • Tavsiya etilgan mavzu: “Men  sevgan K? (What is my favorite K-?)” “K-” – bu yerda Koreya bilan bogʻliq har qanday narsani, jumladan, Koreyani ifodalovchi madaniy elementlarni anglatadi. Misol sifatida K-pop, dramalar, filmlar, adabiyot, go’zallik, odob-axloq va turmush tarzi, taom, anʼanaviy madaniyat, shaharlar, joylar, teledasturlar, butlar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, soʻzlash turkumiga quyidagi 2 ta kategoriyadan biri boʻyicha video yuborish mumkin:

  • Uzun videolar: 2 daqiqadan 3 daqiqa 30 soniyagacha
  • Qisqa videolar: 1 daqiqagacha

2-turkum – talaffuz: Koreys tili talaffuzi tanlovi uchun taqdim etilgan koreys tilidagi tez aytishlardan birini tanlang va uni 30 soniya ichida aytayotganingizni videoga oling. Soʻzlash turkumiga ish yuborgan nomzodlar ham ushbu turkumda ishtirok etishi mumkin. Ushbu turkum uchun koreys tilidagi tez aytishlarni BU YERDAN topasiz (“Click to see the Korean Pronunciation Challenge script” tugmasini bosing).

Grant kimlar uchun?

Koreys tilini biladigan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Madaniyat, sport va turizm vazirligi mukofoti (faqat uzun videolar kategoriyasi boʻyicha 1 nafar gʻolib): 2,5 million won (taxminan 1730 AQSH dollari).
  • Koreya kiber universiteti prezidenti mukofoti (faqat uzun videolar kategoriyasi boʻyicha 1 nafar gʻolib): 1 million won (taxminan 691 AQSH dollari).
  • Gran-pri mukofoti (faqat uzun videolarkategoriyasi boʻyicha 2 nafar gʻolib): 2 nafar ishtirokchining har biriga 1 million won (taxminan 691 AQSH dollari).
  • Excellence mukofoti (uzun videolar kategoriyasida 3 nafar gʻolib, qisqa videolar kategoriyasida 2 nafar gʻolib): gʻoliblarning har biriga 500 ming won (taxminan 346 AQSH dollari).
  • Kreativ mukofoti (faqat qisqa videolar kategoriyasida 2 nafar gʻolib): gʻoliblarning har biriga 400 ming won (taxminan 276 AQSH dollari).
  • Talaffuz chellenji mukofoti (4 nafar gʻolib): gʻoliblarning har biriga 300 ming won (taxminan 207 AQSH dollari).
  • Shuningdek, hozirda Koreyadagi universitetlardagi birida bakalavriat, magistratura yoki PhD bosiqichida tahsil olayotgan bir nafar gʻolib “Korea Times” nashrida amalyot oʻtash uchun tanlab olinadi.
  • Ishtirokchilar soʻrov asosida ishtirok haqida sertifikatni olishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda yoshidan qatʼi nazar koreys tilini biluvchi barcha xorijiy (koreyalik boʻlmagan) fuqarolar, qolaversa, ona tilisi koreys tili boʻlmagan xorijda yashovchi etnik koreyslar ham ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzodlar soʻzlash turkumida faqat bitta kategoriya uchun video yuborishi mumkin. Lekin soʻzlash turkumida ishtirok etgan nomzodlar Talaffuz turkumi boʻyicha ham qatnasha oladi.
  • Uzun videolar kategoriyasi uchun videolar kamida 2 daqiqa va koʻpi bilan 3 daqiqa 30 soniya boʻlishi, qisqa videolar turkumi uchun videolar 1 daqiqadan oshmasligi kerak.
  • Videoda sunʼiy intellekt yordamida ovoz yaratish ishlarni baholashda ball ayirib tashlash bilan jazolanadi.
  • Shunindek, video formati va boshqa jihatlarga oid qoʻshimcha talablar ham mavjud, ular bilan BU YERDA batafsil tanishing (FAQ boʻlimiga qarang).

Mukofot pullari gʻolib qayerda ekaniga qarab bank orqali oʻtkaziladi yoki taqdirlash marosimida shaxsan taqdim etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026- yil 26-fevraldab 7-aprel 19:59 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun avvalo turkumlardan birini tanlang. Keyin tegishli mavzulardan biri haqida gapirganingiz yoki tez aytishlardan birini aytganingizni videoga oling. Soʻng ushbu videoni quyidagi platformalardan biriga hamma uchun ochiq holda joylang: YouTube, TikTok, Instagram, Facebook yoki Bilibili. Video nomi yoki izohiga #thekoreatimes #koreanspeakingagent heshteglarini kiriting.

Shundan keyin keyin BU YERDA ariza shaklini toʻldiring (ariza shaklini 2026-yil 26-fevraldan boshlab toʻldirish mumkin). Ariza shaklida tegishli maʼlumotlar va videongizga havolani kiritishingiz kerak. Barcha maʼlumotlar kiritilgach, “Apply” tugmasini bosib arizani yuboring.

Ijodiy ishlar quyidagi umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Baholash mezonlari bilan BU YERDA tanishing (“Judgong Criteria” boʻlimi).

Gʻoliblar 2026-yil 26-mayda eʼlon qilinadi. 2026-yil 4-iyunda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. Koreyadan tashqarida yashovchi gʻoliblar onlayn platforma orqali ushbu marosimda ishtirok etishlari mumkin.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Dasturning avvalgi yillardagi gʻoliblari videolari bilan BU YERDA tanishing (“Winning Entriesʻ boʻlimi), ular orasida oʻzbekistonliklar ham bor.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun (02) 724-2347 raqamga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki eldorado@koreatimes.co.kr manziliga email yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!