×

Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1500 dollargacha yutib oling!


Grant

MUHLAT

29.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2147 marta

The Korea Times tomonidan bu yil birinchi marta Korean Language Speaking Contest tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovda koreys tilini biluvchi barcha xorijiy fuqarolar, qolaversa, ona tilisi koreys tili boʻlmagan xorijda yashovchi etnik koreyslar ham ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar 3 daqiqadan koʻp boʻlmagan qisqa videolari orqali Koreyaga boʻlgan muhabbati sabablarini aks ettirishi yoki koreys madaniyati haqida maʼlumot berishi kerak.

Tanlovda 2 xil mavzudagi qisqa videolar qabul qilinadi:

  • A special episode that made you fall in love with Korea(n) — Sizda Koreyaga (yoki koreys tiliga) boʻlgan muhabbatning uygʻonishi sababi aks etgan epizod
  • A unique aspect of Korean culture that you love – Sizga yoqqan koreys madaniyatining oʻziga xos jihati

Tanlov uchun videolar koreys tilida tayyorlanishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Koreys tilini biladigan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • King Sejong Award: bosh mukofot uchun 2 million won (taxminan 1480 AQSH dollari).
  • Gold Awards: 2 nafar ishtirokchining har biriga 1 million won (taxminan 740 AQSH dollari).
  • Silver Awards: 2 nafar ishtirokchining har biriga 500 ming won (taxminan 370 AQSH dollari).
  • Bronze Awards: 3 nafar ishtirokchining har biriga 300 ming won (taxminan 222 AQSH dollari)
  • Korean Humanities Research Group Award: 1 million won (taxminan 740 AQSH dollari)

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda yoshidan qatʼi nazar koreys tilini biluvchi barcha xorijiy (koreyalik boʻlmagan) fuqarolar, qolaversa, ona tilisi koreys tili boʻlmagan xorijda yashovchi etnik koreyslar ham ishtirok etishi mumkin.
  • Avvalgi yillarda Koreyada yoki xorijda oʻtkazilgan koreys tilida soʻzlashish tanlovlarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritmagan boʻlishi kerak.
  • Video davomiyligi 3 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.

Mukofot pullari gʻoliblarga Koreyada yoki boshqa davlatda yashashidan qatʼi nazar shaxsan yetkaziladi yoki bank orqali oʻtkazib beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar yuqoridagi mavzulardan birida 3 daqiqadan koʻp boʻlmagan videoni YouTube tarmogʻiga yuklashlari hamda BU YERDA ariza shaklini toʻldirishlari kerak. Video formatiga cheklov qoʻyilmagan. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024- yil 28-aprel 19:59 ga qadar qabul qilinadi.

Ijodiy ishlar quyidagi umumiy 100 ballik tizimda baholanadi:

  • Content (mazmun): 30 ball
  • Language use (tildan foydalanish): 30 ball
  • Delivery (maʼnoni yetkazib bera olish): 30 ball
  • Video quality (video sifati): 10 ball

Gʻoliblar 2024-yil 14-mayda The Korea Times gazetasi va uning veb-saytida eʼlon qilinadi. 2024-yil 19-mayda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. Koreyadan tashqarida yashovchi gʻoliblar onlayn platforma orqali ushbu marosimda ishtirok etishlari mumkin.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Dastur boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar bilan BU YERDA (sahifa soʻnggida) tanishing.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun (02)724-2868 raqamga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki sjahn@koreatimes.co.kr manziliga email yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!