×

“Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” umummilliy chellenji – umumiy mukofot jamg’armasi 500 million so’m


Grant

MUHLAT

20.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1329 marta

Uzbekistan’s Club tomonidan Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo’llab-quuvatlash maqsadida “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” umummilliy chellenji tashkil etilmoqda. Ushbu chellenjda futbolsevar yoshlar, barcha o’zbekistonliklar o’zlarining qisqa videoroliklari bilan ishtirok etishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chellenj umumiy sovrin jamg‘armasi 500 mln so‘m bo’lib, hakamlar tomonida tanlangan eng yaxshi 10 ta eng yaxshi video egalarining har biri  50 mln so‘mdan mumkofotlanadi.

Talablar:

Chellenjda O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy davlatda doimiy istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolari qatnashishi mumkin.

Chellenjda qatnasha olmaydi:

  • Tashkilotchi xodimlar va ularning ishonchli vakillari;
  • Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatda bo‘lgan va Chellenjni tashkillashtirish va (yoki) o‘tkazishga aloqador shaxslar;
  • Yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;
  • Amaldagi Chellenj shartlarini bajarmagan shaxslar.

Boshqa barcha oʻzbekistonliklar qatnashishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirok etish shartlari:

  • Chellenj va sovrinli o‘yinida ishtirok etishi uchun ishtirokchi Futbol to‘pi yordamida ijodiy yondashgan holda kreativ video suratga olishi, Videoni #Qonimdagalaba heshtegi ostida Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga 2024-yil 1-iyuldan 2024-yil 20-iyulgacha (shu kun ham) joylashtirishi zarur. 
  • Ishtirokchi tomonidan tayyorlangan video davomiyligi 1 daqiqadan (60 soniyadan) oshib ketmasligi kerak.
  • Video ostidagi musiqada Konsta ijrosidagi O‘zbekistonlik qo‘shig‘ini foydalanish kerak bo‘ladi.
  • Ishtirokchi tomonidan olinadigan va tarmoqqa joylanadigan videolar miqdori cheklanmagan.
  • Tarmoqqa joylangan video muallifi akkaunti (profili) yopiq holatda bo‘lganda yoki yuqoridagi boshqa talablarga mos bo‘lmaganda chellenjda ishtirok etmaydi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha murojaatlar  info@uzbekistans.club email manzili orqali qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!