×

Oʻzbekiston: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun biotexnologiya boʻyicha 3 haftalik yozgi maktab


Grant

MUHLAT

04.07.2025

QOLGAN VAQT

7 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2268 marta

Ilgʻor texnologiyalar markazi Biotexnologiya boʻyicha navbatdagi intensiv yozgi maktabni eʼlon qildi. Bu 3 haftalik tadqiqotga asoslangan va amaliy faoliyat dasturi hisoblanadi.

Loyihaning asosiy maqsadi – biologiya va unga aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga, ayniqsa, hududlarda tahsil olayotgan talabalarga klinik va ilmiy laboratoriyalarda qo‘llaniladigan metodikalar yuzasidan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berish.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabalar (taxminan 15-20 nafar) dastur davomida kichikroq guruhlarga (har bir guruhda 4 nafar talaba) birlashtirilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi va yordamchi bitiruvchilar ularni tajribalari bilan qo‘llab-quvvatlash uchun jamoaga biriktiriladi.

Talabalar dastlabki uch haftani turli mikrobiologik tadqiqot usullarini o‘rganish, gen va praymerlar dizayn qilish, E.coli hujayrasida oqsillarni ekspressiya qilish, oqsillarni tozalab olish va ularning faolligini aniqlash, (RT)-PZR reaksiyalarni o‘tkazish, sekvenslash va natijalarni tahlil qilish, protokollar bilan ishlash kabi turli xil texnikalarni o‘rganish va o‘tkazish bilan o‘tkazadi va ular qo‘shimcha ravishda o‘zlarining qiziqishlari asosida tayinlangan guruh loyihalari ustida ishlaydi.

Uchinchi haftaning oxirida talabalar o‘z loyihalarini taqdim etadi va uni himoya qiladi.

Mashg‘ulotlar 2025-yil 21-iyul dan 9-avgustgacha Toshkentdagi Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkaziladi.

Dastur asosan o‘zbek tilida olib boriladi. Lekin ingliz va rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.

Grant kimlar uchun?

Biologiya, farmatsevtika va aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabning manfaatli tomonlari:

  • Qatnashish bepul
  • Yetakchi olimlar tomonidan ma’ruza va amaliy topshiriqlar o’tiladi
  • Maxsus sertifikat
  • Movie night, Bowling day

Talablar:

Biologiya, farmatsevtika va aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari ushbu dasturda qatnashishi mumkin. Bakalavriat talabalari kamida 1-yilini tugatgan bo‘lishi shart. Bakalavr va magistraturani 2025-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so‘raladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2025-yil 4-iyul, soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA oʻzbek, rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin.

Ariza shaklida shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga nega bu yozgi maktabda qatnashmoqchi ekaningizni asoslab maksimal 400 soʻzdan iborat insho yozish soʻraladi. Saralangan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar dasturga qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!