×

Oʻzbekiston: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun biotexnologiya boʻyicha 2 haftalik yozgi maktab


Grant

MUHLAT

14.07.2026

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4922 marta

Ilgʻor texnologiyalar markazi Biotexnologiya boʻyicha navbatdagi intensiv yozgi maktabni eʼlon qildi. Bu 2 haftalik tadqiqotga asoslangan va amaliy faoliyat dasturi hisoblanadi.

Loyihaning asosiy maqsadi – biologiya va unga aloqador yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga, ayniqsa, hududlarda tahsil olayotgan talabalarga klinik va ilmiy laboratoriyalarda qo‘llaniladigan metodikalar yuzasidan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berish.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabalar (taxminan 15 nafar) dastur davomida kichikroq guruhlarga (har bir guruhda 3 nafar talaba) birlashtirilib, amaliy mashg‘ulotlarni ko‘proq o‘tkazishadi va yordamchi bitiruvchilar ularni tajribalari bilan qo‘llab-quvvatlash uchun jamoaga biriktiriladi. Talabalar dastlabki ikki haftani biotexnologiya, molekulyar biologiya va mikrobiologiya bilan bog’liq bo’lgan turli xil texnikalarni o’rganish va o’tkazish bilan o’tkazadilar va ular qo’shimcha ravishda o’zlarining qiziqishlari asosida tayinlangan guruh loyihalari ustida ishlaydi

Ikkinchi haftaning oxirida talabalar o’z loyihalarini taqdim etadilar va uni himoya qiladi.

Mashg‘ulotlar 2026-yil 27-iyul dan 7-avgustgacha Toshkentdagi Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkaziladi.

Dastur asosan o‘zbek tilida olib boriladi. Lekin ingliz va rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.

Grant kimlar uchun?

Biologiya, farmatsevtika va aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabning manfaatli tomonlari:

  • Qatnashish bepul
  • Boshqa viloyatlardan kelganlar uchun turar joy taʼminlanadi
  • Yetakchi olimlar tomonidan ma’ruza va amaliy topshiriqlar o’tiladi
  • Maxsus sertifikat
  • Bowling day

Talablar:

Dasturga biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari (2026-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin. Bakalavr bosqichini kamida 1-yilini tugatgan boʻlish shart. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so‘raladi.

Darslar asosan o’zbek tilida olib boriladi, ammo dars va materiallar orasida Rus hamda ingliz tillaridagi manbaalardan keng foydalaniladi. Shu sababdan o’zbek tilidan tashqari ushbu tillarni kamida birini yetarli darajada bilish lozim (sertifikat talab qilinmaydi).

Batafsil talablar bilan BU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 13-iyul, soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA oʻzbek, rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin.

Ariza shaklida shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga nega bu yozgi maktabda qatnashmoqchi ekaningizni asoslab maksimal 400 soʻzdan iborat insho yozish soʻraladi. Saralangan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar dasturga qabul qilinadi.

MUHIM: Ariza holati bo’yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali jo’natilmaydi. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga Zoom linki SMS yoki Telegram hamda e-mail manzil orqali jo’natilishi mumkun. Shu sababdan, telefon raqamingiz hamda e-mail manzilingizni to’liq va to’g’ri kiritishingiz tavsiya etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun kontaktlar:

  • Tel: +998994803050
  • Telegram: @Sanobar1322