×

Expatrio Scholarship: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant


Grant

MUHLAT

30.09.2025

QOLGAN VAQT

116 kun

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

81 marta

Germaniya oliygohlariga o’qishga kirgan talabalar Germaniya tomonidan tan olinadigan xizmatlardan biri orqali bloklangan hisob raqami ochishlari kerak. Expatrio – Germaniyada o’qish niyatidagi talabalar uchun bloklangan hisob raqami, sug’urta va boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi shunday provayderlardan biri.

Expatrio Scholarship grant dasturi shu kompaniya taklif etadigan Expatrio Value Package xizmat paketini xarid qilgan talabalarga 15 ming yevrogacha pul mukofoti va boshqa sovrinlarni yutib olish imkoni beradi.

Tanlovda ishtirok etish uchun “How will your studies in Germany help you make a positive impact for others?” mavzusida 2 daqiqalik video tayyorlab topshirish zarur.

Grant kimlar uchun?

Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grant uchun umumiy mukofot jamg’armasi 40 000 yevroni tashkil qiladi va jami 10 nafar sovrinli o’rinlarga taqsimlanadi.

  • 1-o’rin uchun 15000 yevro pul mukofoti.
  • 2-o’rin uchun 12000 yevro pul mukofoti.
  • 3-o’rin uchun 9000 yevro pul mukofoti.
  • 4-o’rin uchun talabaning 6 oylik turar-joy ijara to’lovi to’lab beriladi, bunda umumiy summa 3000 yevrodan oshmasligi kerak.
  • 5-o’rin uchun 1500 yevrogacha qiymatga ega yangi noutbuk.
  • 6-o’rin uchun umumiy qiymati 600 yevrogacha bo’lgan nemis tili kursi to’lovi to’lab beriladi.
  • 7 va 8-o’rin sovrindorlarining har biri uchun 500 yevrogacha bo’lgan semestr to’lovi to’lab beriladi.
  • 9 va 10-o’rin sovrindorlarining har biriga 300 yevrodan pul mukofoti.

Eslatma: Yutib olingan mukofotni bloklangan hisobga mablagʻ qoʻyish uchun ishlatib boʻlmaydi, mukofotlar faqat Germaniyaga yetib borgandan keyin taqdim etiladi.

Talablar:

Talablar quyidagicha:

  • Nomzod Germaniyada 2025-yil qishki semestrda (oktabr oyidan) o’qishni boshlashi rejalashtirilayotgan bo’lishi kerak. Bunda universitetga qabul xati topshirish ixtiyoriy.
  • Nomzod Expatrio Value Package xizmat paketini xarid qilishi kerak. Ushbu xizmatning narxi va boshqa tafsilotlar bilan bu yerda tanishing.
  • Nomzod “How will your studies in Germany help you make a positive impact for others?” mavzusida davomiyligi 2 daqiqadan oshmagan video yozib, onlayn tarzda topshirishi kerak. Video nomzodning ona tilida bo’lishi ham mumkin, bu holda subtitrlar ham berilishi kerak. Videoda nomzod o’z nutqini ko’rsatishi, animatsiyalardan foydalanishi, umuman olganda, mualliflik huquqi qoidalariga zid bo’lmagan istalgan material va usullardan foydalanishi mumkin.
  • Nomzod Germaniyaga kelgach, 2025-yil 31-oktyabrgacha o’zining bloklangan hisob raqami va sog’lik sug’urtasini (blocked account, health insurance) faollashtirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishning oxirgi kuni 2025-yil 30-sentyabr. Nomzod shu muhlatgacha Expatrio Value Package xizmatlar to’plamini xarid qilib, o’zi tayyorlagan videoni topshirishi kerak. Arizaga 2 daqiqadan oshmaydigan mp4 formatidagi video ilova qilinishi kerak. Video yuqorida aytilgan mavzuga bagʻishlangan boʻlishi va mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentni oʻz ichiga olmasligi kerak.

Onlayn arizalar bu yerda qabul qilinadi. Grant natijalari 2025-yil noyabr oxirida e’lon qilinadi.

Tanlovning oʻtgan yilgi gʻoliblari va ularning videolari bilan BU YERDA tanishing (The Expatrio scholarship 2024 winners).

Dastur bo’yicha savollaringiz bo’lsa rasmiy havolaga tashrif buyurishingiz yoki scholarship@expatrio.com elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!