×

International Computer Science Competition – barcha yoshdagi o’quvchi va talabalar uchun xalqaro tanlov


Grant

MUHLAT

24.08.2025

QOLGAN VAQT

79 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

71 marta

Maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo’ljallangan International Computer Science Competition 2025 xalqaro musobaqasida ishtirok etish uchun qabul boshlandi. Ushbu musobaqa butun dunyo bo’ylab kompyuter fanlari va boshqa fanlarga qiziquvchi yoshlar o’rtasida bir nechta bosqichda o’tkaziladi. Musobaqada 3 ta kategoriya mavjud:

  • Senior kategoriyasi – 19 yosh va undan kattalar yoki OTM da 1-bosqich yoki undan yuqori bosqich talabalari uchun
  • Junior kategoriyasi – 16 yoshdan 19 yoshgacha o’quvchilar yoki kollej/litsey o’quvchilari uchun
  • Youth kategoriyasi – 16 yoshdan kichik ishtirokchilar yoki maktabning 9, 10 sinf o’quvchilari uchun.

Musobaqada 3 ta bosqich mavjud:

  1. Saralash bosqichi
  2. Yarim final bosqichi
  3. Final bosqichi.

Musobaqaning birinchi bosqichi saralash bosqichi deb ataladi va bu bosqichda astronomiya va astrofizikaga oid 5 ta masalani yechish kerak bo’ladi. Masalalar barcha yosh kategoriyalari uchun bir xil bo’ladi, lekin keyingi bosqichga o’tish uchun minimal ball yosh kategoriyasiga qarab farq qiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha yoshdagi o’quvchilar va OTM talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Musobaqaning umumiy mukofot jamg’armasi 1000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

  • Senior kategoriyasida 1-o’rin uchun 175 AQSh dollari, 2-o’rin uchun 125 AQSh dollari va 3-o’rin uchun 75 AQSh dollari pul mukofoti
  • Youth kategoriyasida 1-o’rin uchun 150 AQSh dollari, 2-o’rin uchun 100 AQSh dollari va 3-o’rin uchun 50 AQSh dollari pul mukofoti
  • Junior kategoriyasida 1-o’rin uchun 125 AQSh dollari, 2-o’rin uchun 75 AQSh dollari va 3-o’rin uchun 25 AQSh dollari pul mukofoti.

Undan tashqari, final bosqichida ishtirok etgan barcha uchun sertifikatlar beriladi, har bir kategoriya g’oliblariga maqtov yorliqlari, har bir davlatdan eng yaxshi ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi. Tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga natijasidan qat’I nazar ishtirok etganlik haqida sertifikat beriladi. Musobaqa yakunida maktablar uchun ham sertifikatlar mavjud. To’liq ma’lumot uchun musobaqa qoʻllanmasi bilan tanishishingiz mumkin.

Xalqaro musobaqalarda ishtirok etish kelajakda boshqa dasturlarga hujjat topshirganda salohiyat darajangizni qo’llab-quvvatlovchi qo’shimcha dalil bo’lib xizmat qiladi.

Talablar:

Talablar quyidagicha:

  • Ishtirokchi maktab, kollej, litsey yoki OTM talabasi bo’lishi va belgilangan yosh kategoriyalaridan biriga mos kelishi kerak.
  • Ishtirokchi ingliz tilini masalalarni yecha olar darajada tushunishi kerak, lekin ingliz tili sertifikati talab qilinmaydi.
  • Ishtirokchi kompyuter fanlari va unga yaqin fanlar bo’yicha yaxshi bilimga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Musobaqada ishtirok etish uchun 2025-yil 24-avgustgacha bu yerda ariza topshiring. Natijalar 2025-yil 8-oktyabrda e’lon qilinadi va keyingi bosqichga o’tganlar ma’lum bo’ladi.

Pre-Final round bosqichiga o’tgan ishtirokchilar 2025-yil 30-sentyabrgacha shu bosqich uchun ro’yxatdan o’tishlari kerak. Musobaqaning barcha muhim sanalari ushbu qoʻllanmada to’liq ko’rsatilgan.

Musobaqaga tayyorlanish uchun tavsiya qilingan manbalar bilan bu yerda tanishing. Musobaqada berilishi mumkin bo’lgan masalalarga namunalar bu yerda berilgan.

Savollaringiz bo’lsa info@icscompetition.org elektron manziliga yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!