Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2017-yildan beri har yili o’tkazib kelinadigan SDG Youth Summer Camp – Yoshlar uchun Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yozgi oromgohiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda 1997 va 2007-yillar oralig’ida tavallud topgan barcha yoshlar ariza topshirishi mumkin. Joriy yilgi oromgohda plastik ifloslanish inqiroziga qarshi kurashishga bagʻishlanadi. Ishtirokchilar plastik ifloslanish muammosini hal qilishga hissa qoʻshish uchun innovatsion gʻoyalar va tezlashtirilgan yechimlarni ishlab chiqishni o’rganadilar.
Yozgi oromgoh 2025-yil 19-21 avgust kunlari Janubiy Koreyada joylashgan Global Green Growth Institute (GGGI) institutida, ingliz tilida bo’lib o’tadi.
Oromgohga jami 30 nafargacha ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturga ariza topshirish bepul.
Grant kimlar uchun?
1997-2007 yillar orasida tug’ilgan yoshlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Oromgoh vaqtida turar joy va oziq-ovqat tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi. Shuningdek, ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Viza xarajatlari, shuningdek, Janubiy Koreyaga kelish va ketish transport xarajatlarini ishtirokchining o’zi qoplashi kerak.
Talablar:
Nomzodlar 1997-2007 yil orasida tug’ilgan bo’lishi va ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Oromgohga qabul qilingan barcha ishtirokchilar dasturda to’liq ishtirok etishi shart.
Dasturga qabul jarayoni:
Onlayn arizalar 2025-yil 20-iyunga qadar bu yerda qabul qilinadi. Oromgohga qabul qilinganlar ro’yxati 2025-yil 27-iyungacha e’lon qilinadi.
Rasmiy eʼlon bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.