×

SDG Youth Summer Camp: 1998-2008 yillar orasida tug’ilgan yoshlar uchun Koreyada xalqaro yozgi oromgoh


Grant

MUHLAT

16.06.2026

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2775 marta

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2017-yildan beri har yili o’tkazib kelinadigan SDG Youth Summer Camp – Yoshlar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari (SGD) yozgi oromgohiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda 1998 va 2008-yillar oralig’ida tavallud topgan barcha yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Bu yilgi SGD ning 13-maqsadi – “Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash va uglerod bozorlariga (Climate Action and carbon markets)” bagʻishlanadi. Ishtirokchilardan maʼruza va amaliy mashgʻulotlar orqali uglerod bozorlari haqida bilim olish, shuningdek, emissiyalarni kamaytirish, uglerodli moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish va Parij kelishuvi maqsadlariga erishish boʻyicha global saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydigan innovatsion gʻoyalar hamda tezkor yechimlarni ishlab chiqish soʻraladi.

Yozgi oromgoh 2026-yil 4-6-avgust kunlari Janubiy Koreyada joylashgan Global Green Growth Institute (GGGI) institutida, ingliz tilida bo’lib o’tadi.

Oromgohga jami 30 nafargacha ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturga ariza topshirish bepul.

Grant kimlar uchun?

1998-2008-yillar orasida tug’ilgan yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Oromgoh vaqtida turar joy va oziq-ovqat tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi. Shuningdek, ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Viza xarajatlari, shuningdek, Janubiy Koreyaga kelish va ketish hamda mahalliy transport xarajatlarini ishtirokchining o’zi qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar 1998-2008 yil orasida tug’ilgan bo’lishi va ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Oromgohga qabul qilingan barcha ishtirokchilar dasturda to’liq ishtirok etishi shart.

Tashkilotchilar ishtirokchilarni ularning ishtiyoqi, salohiyati va ingliz tilini bilish darajasiga asosan, gender hamda geografik muvozanatni inobatga olgan holda tanlab oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Onlayn arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 15-iyun, soat 19:59 gacha qadar bu yerda qabul qilinadi. Tashkilotchilar oromgohga qabul qilinganlar bilan 2026-yil iyun oyi oxirigacha bogʻlanadi (faqat qabul qilinganlar bilan bogʻlaniladi).

Rasmiy eʼlon bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.