×

MBZUAI UGRIP 2026: Abu Dabida bakalavrlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan 4 haftalik yozgi amaliyot


Grant

MUHLAT

28.02.2026

QOLGAN VAQT

138 kun

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

270 marta

MBZUAI Undergraduate Research Internship Program (UGRIP)  Birlashgan Arab Amirliklari, Abu Dabi shahrida joylashgan MBZUAI universiteti tomonidan o‘tkaziladigan 4 haftalik to‘liq moliyalashtirilgan yozgi tadqiqot amaliyoti dasturidir.

Dastur har yili iyun–iyul oylarida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar MBZUAI kampusida zamonaviy laboratoriyalar, ilg‘or tadqiqot markazlari va innovatsion infratuzilmaga ega muhitda faoliyat yuritadilar. Ushbu dastur  amaliyotchilari professorlar boshchiligidagi ilmiy guruhga biriktiriladi va yuqori ahamiyatga ega loyihalarda bevosita qatnashadilar. Avvalgi yillardagi ba’zi loyihalar:

  • Bosh miya o‘smalarini aniqlash uchun AI modellari yaratish
  • OAVdagi tarafkashlikni avtomatik aniqlash tizimlarini ishlab chiqish
  • Interaktiv musiqa generatsiyasi bo‘yicha AI tizimlarini loyihalash
  • Arab lahjalari uchun mashina tarjimasini rivojlantirish
  •  Dastlabki miya–kompyuter interfeysi konseptlarini yaratish

Amaliyotchilar Computer Vision, Machine Learning, NLP, Robotics kabi asosiy AI yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarga hissa qo‘shadilar. Shuningdek, ba’zi loyihalar Human-Computer Interaction, Computational Biology yoki Data Science yo‘nalishlarini ham qamrab oladi.

UGRIP dasturi qisqa vaqt ichida bakalavr talabalari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha eng nufuzli va raqobatbardosh yozgi tadqiqot dasturlaridan biriga aylandi. 2025-yilda deyarli 2000 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, ularning atigi 4 foizi qabul qilingan. Hozirgacha 130 dan ortiq talaba dasturda ishtirok etgan bo‘lib, ular orasida Georgia Institute of Technology, University of Maryland (College Park), Indian Institutes of Technology, Monterrey Institute of Technology kabi yetakchi oliygohlar vakillari mavjud.

Grant kimlar uchun?

STEM va unga aloqador sohalarda oʻqiyotgan bakalavriatning 3-kurs talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashuvchi nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  • Dastur davomida stipendiya, bepul turar joy, sog‘liqni sug‘urtasi bilan ta’minlanadi.
  • Viza rasmiylashtirish va aviabiletlar dastur tomonidan qoplanadi.
  • Turli ijtimoiy va madaniy tadbirlar tashkil etiladi, xalqaro talabalarning faol hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyati yaratiladi.
  • Talabalar MBZUAI kutubxonasi, laboratoriyalari, sport zallari va boshqa kampus infratuzilmasidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:

  • Bakalavrning yakuniy kursidan oldingi kursida o‘qiyotgan bo‘lishi (4 yillik bakalavriatda 3-kurs, 5 yillik bakalavriatda 4-kurs) va o’qishni 2026-yil avgustdan keyin bitirishi lozim.
  • STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) va unga aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bo‘lishi zarur.
  • Yuqori akademik ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak. Minimal GPA  3.5/4.0 yoki ekvivalent bo‘lishi lozim.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2026-yil 28-fevral O’zbekiston vaqti bilan 18:00 ga qadar BU YERDA onlayn ariza topshirishlari kerak. Arizalar qabuli 2026-yil 1-yanvardan boshlab qabul qilinadi. Natijalar 2026-yil 1-aprelga qadar e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar

Nomzodlar ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni ingliz tilida taqdim etishlari zarur:

  1. Talabalik haqida maʼlumotnoma – universitet reyestridan olinadigan hujjat. Unda qabul sanasi, o‘quv dasturi davomiyligi va kutilayotgan bitiruv sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  2. Rasmiy transkript – Barcha fanlar, baholar va kredit soatlarini ko‘rsatgan hujjat (muhr va imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur).
  3. Ingliz tili bo‘yicha dalil (quyidagilardan biri):
    • TOEFL iBT – kamida 90 ball
    • IELTS Academic – kamida 6.5 umumiy ball
    • EmSAT English – kamida 1550 ball
    • Yoki universitet reyestridan ingliz tili ta’lim tili ekanligini tasdiqlovchi rasmiy xat
  4. Pasport nusxasi – xorijga chiqish pasportining rangli nusxasi, kamida bir yil amal qilish muddati mavjud bo‘lishi shart.
  5. Statement of Purpose (insho) – quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
    • Dasturga topshirish motivatsiyasi
    • Shaxsiy va akademik tayyorgarlik (nima uchun nomzod mos keladi)
    • Yutuqlar (mukofotlar, faxriy yorliqlar, grantlar va h.k.)
    • UGRIP dasturidan ko‘zlangan maqsadlar
    • Kelajakdagi kasbiy yo‘nalish va rejalari
    • Arizani kuchaytiruvchi boshqa tegishli ma’lumotlar

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi kerak yoki tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi. Akademik hujjatlar rasmiy muhr va imzolar bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.

Eslatma: dasturga topshirishdan avval dastur rasmiy e’loni bilan batafsil tanishib chiqing. 

Avvalgi mavsum ishtirokchilari bilan BU YERDA tanishing. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!