×

MBZUAI MGRIP: Birlashgan Arab Amirliklarida bakalavr va magistrlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan 4 haftalik yozgi amaliyot


Grant

MUHLAT

28.02.2027

QOLGAN VAQT

121 kun

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

3330 marta

MBZUAI Global Research Internship Program (MGRIP)  Birlashgan Arab Amirliklari, Abu Dabi shahrida joylashgan MBZUAI universiteti tomonidan o‘tkaziladigan, bakalavriat va magistratura talabalari uchun moʻljallangan 4 haftalik to‘liq moliyalashtirilgan yozgi tadqiqot amaliyoti dasturidir.

Ushbu dasturning 2027-yilgi mashgʻulotlari 2027-yil 7-iyundan 2-iyulgacha oʻtkaziladi. Ishtirokchilar MBZUAI kampusida zamonaviy laboratoriyalar, ilg‘or tadqiqot markazlari va innovatsion infratuzilmaga ega muhitda faoliyat yuritadilar. Ushbu dastur amaliyotchilari professorlar boshchiligidagi ilmiy guruhga biriktiriladi va yuqori ahamiyatga ega loyihalarda bevosita qatnashadilar.

Amakiyot loyihalari va mavzulari 2026-yil noyabr oyida rasmiy saytda eʼlon qilinadi. Avvalgi yillardagi ba’zi loyihalar quyidagilardan iborat:

  • Morfologiya va genomika uyg‘unligi: tuxumdon saratonida H&E tasvirlari asosida HRDni bashorat qilish
  • Samarali, moslashuvchan va kengaytiriladigan, smartfonlar uchun maxsus yaratilgan agentlarning ishlash muhitlari
  • Hududiy tibbiy ko‘rsatmalar va protokollarga moslashtirilgan tibbiy agentlarni yaratish
  • Uslub bilan harakatlanish: gumanoid robotlar harakatlariga uslub berish
  • Sun’iy intellekt, ijodkorlik va nogironlik: mustaqillik va o‘zini ifoda etish imkoniyatlari uchun hamkorlikda loyihalash
  • Ko‘p agentli tizimlarda hissani aniqlash: talqin qilish mumkin bo‘lgan va barqaror interaktiv tizimlar sari
  • MediaScope-AI: voqealarga yo‘naltirilgan media profillash va axborot yaxlitligini ta’minlash platformasi
  • Koddagi avlodlar: sun’iy intellekt yo‘nalishi bakalavrlari Game Boy davri bilan tanishmoqda

Amaliyotchilar Computer Vision, Machine Learning, NLP, Robotics kabi asosiy AI yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarga hissa qo‘shadilar. Shuningdek, ba’zi loyihalar Human-Computer Interaction, Computational Biology yoki Data Science yo‘nalishlarini ham qamrab oladi.

MGRIP dasturi qisqa vaqt ichida bakalavr talabalari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha eng nufuzli va raqobatbardosh yozgi tadqiqot dasturlaridan biriga aylandi. 2025-yilda deyarli 2000 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, ularning atigi 4 foizi qabul qilingan. Hozirgacha 130 dan ortiq talaba dasturda ishtirok etgan bo‘lib, ular orasida Georgia Institute of Technology, University of Maryland (College Park), Indian Institutes of Technology, Monterrey Institute of Technology kabi yetakchi oliygohlar vakillari mavjud.

Grant kimlar uchun?

STEM va unga aloqador sohalarda oʻqiyotgan bakalavriatning 3-kurs talabalari va magistrlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashuvchi nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  • Dastur davomida stipendiya, bepul turar joy, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.
  • Viza rasmiylashtirish va aviabiletlar xrajatlari dastur tomonidan qoplanadi.
  • Turli ijtimoiy va madaniy tadbirlar tashkil etiladi, xalqaro talabalarning faol hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyati yaratiladi.
  • Talabalar MBZUAI kutubxonasi, laboratoriyalari, sport zallari va boshqa kampus infratuzilmasidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:

  • Bakalavraitning yakuniy kursidan oldingi kursida o‘qiyotgan bo‘lishi (4 yillik bakalavriatda 3-kurs, 5 yillik bakalavriatda 4-kurs) va o’qishni 2027-yil sentabrdan keyin bitirishi lozim; yoki magistraturada tahsil olayotgan boʻlishi va magistraturani 2027-yil sentabrdan keyin tamomlashi kutilayotgan boʻlishi kerak.
  • STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) va unga aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bo‘lishi zarur.
  • Yuqori akademik ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak. Minimal GPA  3.5/4.0 yoki ekvivalent bo‘lishi lozim.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (kamida IELTS 6.5, TOEFL iBT 90 yoki shunga teng boshqa xalqaro sertifikat soʻraladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2027-yilning 1-yanvaridan  28-fevraligacha (O’zbekiston vaqti bilan 18:00 ga qadar) BU YERDA onlayn ariza topshirishlari kerak (arizalar qabul 2027-yil 1-yanvardan boshlanishiga eʼtibor bering). Natijalar 2027-yil 2-aprelga qadar e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar

Nomzodlar ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni ingliz tilida taqdim etishlari zarur:

  1. Talabalik haqida maʼlumotnoma – universitet reyestridan olinadigan hujjat. Unda qabul sanasi, o‘quv dasturi davomiyligi va kutilayotgan bitiruv sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  2. Rasmiy transkript – Barcha fanlar, baholar va kredit soatlarini ko‘rsatgan hujjat (muhr va imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur).
  3. Ingliz tili bo‘yicha dalil (quyidagilardan biri):
    • TOEFL iBT – kamida 90 ball
    • IELTS Academic – kamida 6.5 umumiy ball
    • EmSAT English – kamida 1550 ball
    • Yoki universitet reyestridan ingliz tili ta’lim tili ekanligini tasdiqlovchi rasmiy xat
  4. Pasport nusxasi – xorijga chiqish pasportining rangli nusxasi, kamida bir yil amal qilish muddati mavjud bo‘lishi shart.
  5. CV.
  6. Statement of Purpose (insho) – quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
    • Dasturga topshirish motivatsiyasi
    • Shaxsiy va akademik tayyorgarlik (nima uchun nomzod mos keladi)
    • Yutuqlar (mukofotlar, faxriy yorliqlar, grantlar va h.k.)
    • UGRIP dasturidan ko‘zlangan maqsadlar
    • Kelajakdagi kasbiy yo‘nalish va rejalari
    • Arizani kuchaytiruvchi boshqa tegishli ma’lumotlar

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi kerak yoki tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi. Akademik hujjatlar rasmiy muhr va imzolar bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.

Eslatma: dasturga topshirishdan avval dastur rasmiy e’loni bilan batafsil tanishib chiqing. 

Avvalgi mavsum ishtirokchilari bilan BU YERDA tanishing. 

Maqsud Salomov
Author: Maqsud Salomov