TDTU Graduate Scholarship dasturi Vetnamning Ho Chi Minh shahrida joylashgan Ton Duc Thang University (TDTU) tomonidan tashkil etilgan xalqaro stipendiya dasturi bo‘lib, u magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan yoki o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu universitet Vetnamning yetakchi davlat universitetlaridan biri bo‘lib, xalqaro miqyosda tan olingan, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga katta e’tibor qaratadigan oliygohdir.
Dastur xalqaro talabalarga TDTUning turli o‘quv yo‘nalishlarida, jumladan, muhandislik, texnologiya, tabiiy fanlar, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar va menejment sohalarida to‘liq yoki qisman moliyaviy yordam asosida tahsil olish imkonini beradi.
Taʼlim ingliz tilida beriladi.
O’quv dasturi va yo’nalishlari bilan quyida tanishing:
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktorantura bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Talabalar quyidagi grantlardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
- To‘liq grant — 100% o‘qish to‘lovi va yotoqxona xarajatlari to’liq qoplanadi.
- Qisman grant — o‘qish to‘lovining 50% qismi va yotoqxona xarajatlarining 50% qismi qoplanadi.
Talablar:
Grant dasturi uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Nomzodlar ushbu universitetning magistratura yoki doktorantura dasturiga rasman qabul qilingan bo‘lishlari kerak.Stipendiyalar nomzodning akademik holati va tadqiqot salohiyatiga qarab ajratiladi.
Universitetga topshirish uchun talablar:
- Magistraturaga topshiradiganlar uchun bakalavr, doktorantura uchun magistlik diplomi talab etiladi. Bitiruvchi kurs talabalari ham diplomlarini olishi bilan topshirish sharti bilan ariza topshirishlari mumkin.
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi va bu yerdagi seritifikatlardan biriga ega bo’lishi shart. Magistratura yoki doktoranturaga topshirish talablari bilan bu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun arizalar har yili quyidagi muddatlarga qadar topshiriladi:
- Kuz semestri – 15-maygacha
- Bahor semestri – 15-noyabrgacha
Bahorgi semestr uchun ushbu grant dasturida qatnashmoqchi bo’lgan nomzodlar 2025-yil 15-noyabrgacha BU YERDA onlayn ro’yxatdan o’tishi va ariza topshirishi kerak. Ariza topshirish yo’riqnomasi bilan BU YERDA tanishing.
ESLATMA: Stipendiya dasturiga topshirish uchun nomzod avval universitetning magistratura yoki doktorantura bosqichida o’qish uchun qabul xati olgan bo’lishi kerak. Magistratura va doktorantura uchun qabul 2025-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.
Universitetga topshirish uchun kerakli hujjatlar:
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni ingliz tilida topshirishlari kerak. Agar hujjatlar boshqa tilda bo‘lsa, ularning tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi shart. Akademik hujjatlar rasmiy muhr va imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Magistratura (Master) dasturi uchun:
- Onlayn ariza shakli BU YERDA.
- CV. Tavsiya qilingan shakl BU YERDA .
- Bakalavr diplomi va rasmiy transkripti (tegishli yo‘nalish bo‘yicha).
- Statement of Purpose – 3 nusxa (TDTU formati bo‘yicha).
- Ingliz tili bo‘yicha malaka sertifikati (TOEFL/IELTS yoki ekvivalent) yoki ingliz tilida tahsil olinganligini tasdiqlovchi hujjat. Kamida B2 daraja talab etiladi. Batafsil BU YERDA.
- Pasport nusxasi
- 3×4 sm formatdagi rasm
- Oxirgi 6 oy ichida olingan jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
- Moliyaviy kafolat hujjati (bank hisobida kamida 2 500 AQSh dollari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat).
- Oxirgi 6 oy ichida olingan tibbiy ko‘rik natijalari.
- Ish tajribasi (agar dastur “application-oriented” yoki Business Administration yo‘nalishida bo‘lsa).
- Tadqiqot ishlari nusxalari (agar mavjud bo‘lsa).
- Ilmiy yutuqlar, sertifikatlar nusxalari (agar mavjud bo‘lsa).
- Vetnam tilida olib boriladigan dasturlar uchun CEFR B2 darajadagi Vetnam tili sertifikati.
- International Student Commitment Form (Vetnamga yetib borgach topshiriladi).
Doktorantura (PhD) dasturi uchun:
- Onlayn ariza shakli BU YERDA.
- CV. Tavsiya etilgan shakl BU YERDA.
- Bakalavr diplomi va transkripti.
- Magistr diplomi va transkripti (agar mavjud bo‘lsa).
- Statement of Purpose – 6 nusxa (TDTU formati bo‘yicha).
- Tadqiqot ishlari nusxalari (agar mavjud bo‘lsa).
- Ingliz tili bo‘yicha malaka sertifikati (TOEFL/IELTS yoki ekvivalent) yoki ingliz tilida tahsil olinganligini tasdiqlovchi hujjat. Batafsil BU YERDA.
- 2 ta tavsiyanoma (kamida bittasi magistrlik dissertatsiyasi rahbaridan bo‘lishi kerak).
- Pasport nusxasi.
- 3×4 sm formatdagi rasm.
- Oxirgi 6 oy ichida olingan jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
- Moliyaviy kafolat hujjati (bank hisobida kamida 2 500 AQSh dollari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat).
- Oxirgi 6 oy ichida olingan tibbiy ko‘rik natijalari.
MUHIM: Dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon va ariza topshirish yo’riqnomasi bilan batafsil tanishib chiiqng.
Magistratura va doktoranturaga topshirish bo’yicha batafsil BU YERDA tanishing.