Shvetsariyaning Jeneva akademiyasi magistratura bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun stipendiyali dastur e’lon qildi. Ushbu dasturning maqsadi – xalqaro talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
O’qish sohasi: Ushbu dastur magistraturaning quyidagi yo’nalishlariga hujjat topshirayotganlarga mo’ljallangan:
- LLM in International Humanitarian Law and Human Rights (LLM);
- Master of Advanced Studies in Transitional Justice;
- Human Rights and the Rule of Law (M TJ).
Yuqoridagi 3 ta yo’nalishdan boshqa sohada o’qimoqchi bo’lganlar ushbu dasturda qatnasha olmaydi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Jeneva akademiyasi nomzodlarga bir qancha qisman qoplanadigan va to’liq grantlar taqdim etadi. Qisman grantni qo’lga kiritgan nomzodlar akademiyada o’qish uchun to’lanadigan kontrakt pulidan to’liq ozod etiladi. To’liq grantni qo’lga kiritganlar esa kontrakt pulidan ozod qilinadi va 10 oy davomida Jenevada yashash uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
Talablar:
LLM dasturi uchun:
- Nomzod huquq sohasida o’qigan va shu sohada baklavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
- Darsdan tashqari mashg’ulotlarga (yozgi maktablarga borgan, konferensiyalarga qatnashgan, turli yerlarda amaliyot o’tagan va hk) katta qiziqishga ega bo’lishi lozim.
- Xalqaro ommaviy huquq yo’nalishida yaxshi baholarga ega bo’lishi lozim.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS yoki TOEFL sertifikati so’raladi.
- Shuningdek, fransuz tilini bilish ham nomzodning tanlanishida ustunlik berishi mumkin (fransuz tili majburiy emas).
MTJ dasturi uchun:
- Nomzod huquq, xalqaro aloqalar, ijtimoiy fanlar, sotsiologiya, antropologiya yoki tarix yo’nalishida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
- Huquq sohasiga qiziqishi yuqori bo’lishi lozim.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. IELTS yoki TOEFL so’raladi.
- Fransuz tilini bilish nomzodning tanlanishida ustunlik beradi.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzodlar onlayn tarzda ariza topshiradilar. Onlayn ariza quyidagi ketma-ketlikda topshiriladi:
- Dastlab stipendiyasiz (1), to’liq stipendiyali (2) yoki to’liq bo’lmagan stipendiyali dasturga ariza topshirish tanlanadi.
- Onlayn ariza to’ldiriladi.
- So’ralgan hujjatlar yuklanadi.
- Ariza onlayn tarda yuboriladi.
Onlayn ariza topshirish Jeneva akademiyasi rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil SHU YERDA tanishing.