×

KOICA tashkiloti uzoq muddatli magistrlik dasturini e’lon qildi


Grant

MUHLAT

27.02.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2974 marta

Janubiy Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi tashkiloti (KOIСA) O’zbekistonga chuqur hurmat bildirgan holda 2017 yilda uzoq muddatli magistrlik dasturini shakllantirishini ma’lum qiladi. Nomzodlar Janubiy Koreya davlat universitetlarida tajriba va bilimlarini oshiradi. Taklif etilayotgan nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 27 fevraliga qadar O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga topshirilishi so’raladi.

Grant kimlar uchun?

Davlat korxonasi xodimlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ta’lim puli va Koreyada yashash xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Davlat organlari xodimlariga quyidagi talablar qo’yilgan:
* Davlat korxonalari, banklar, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar xodimlari va boshq. (davlat korxonasi xodimlari):

  • Davlat tomonidan tasdiqlangan rasmiy bakalavr diplomi;
  • ingliz tilini yaxshi biladigan (diplom ishi ingliz tilida yoziladi);
  • ilgari Janubiy Koreya hukumatining magistrlik dasturlarida ishtirok etmaganligi;
  • qalbaki hujjat taqdim etganlar, kam ball to’plaganlar va boshqa qoidabuzarlik qilganlar qabul qilinmaydi;
  • taklif etilayotgan nomzodning chiqish vizasi (OVIR) ketish vaqtidan 15 kun oldin olingan bo’lishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich – hujjatlarni KOICA bosh ofisida ko’rib chiqish;
Ikkinchi bosqich – qabul tugagandan so’ng universitetlar bilan suhbatlar o’tkazish.

Quyidagi internet manzilda Janubiy Koreyadagi universitetlar haqida ma’lumotlarni, ariza namunasini va KOICAning o’quv dasturini bilib olasiz. (http://training.koica.go.kr (community qismida))

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!