Moskva yaqinidagi Skolkovo Fan va Texnologiya instituti 2011-yil AQShning nufuzli Massachusets Texnologiya instituti bilan hamkorlikda ochilgan. U quyidagi yo’nalishlar bo’yicha Rossiya fuqarolari va xalqaro talabalardan magistratura darajasida o’qish granti uchun hujjatlarni qabul qiladi:
Axborot texnologiyalari;
Energiya va texnologiya;
Fazo va texnologiya;
Biotibbiy fanlar va texnologiya.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o'qimoqchi bo'lganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olganlar bepul ta’lim, stipendiya va tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi.
Talablar:
Grantga Rossiya va xorijiy davlat fuqarolari topshirishi mumkin. Ularga quyidagi talablar qo’yiladi:
- Hujjat topshirilayotgan yo’nalishga yaqin sohadan bakalavr darajasi;
- Ingliz tilini yaxshi bilish (TOEFL iBTdan kamida 79, IELTSdan 6,5 talab qilinadi. TOEFL uchun institut kodi: 2909);
- GRE testini topshirgan bo’lish shart emas, ammo GRE testi grant yutish imkoniyatini oshiradi (GRE uchun institut kodi: 1294);
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar intertet orqali SHU YERDA 2015-yil 1-iyungacha (Rossiya fuqarolari uchun 15-iyun) topshirilishi kerak. Anketani to’ldirishdan oldin saytda ro’yxatdan o’tish lozim. Anketaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- Rezyume;
- Uchta tavsiyanoma;
- O’qishdan maqsadlaringiz ifodalangan qisqa insho (Statement of Purpose);
- Bakalavr diplomidan nusxa;
- Hozirgi yoki avvalgi o’qish joyidan olingan baholar varaqasi (Inglizchaga tarjimasi bilan);
- TOEFL yoki IELTS natijalari (Agar TOEFL yoki IELTS imtihonlarini topshirmagan bo’lsangiz, hujjatlaringiz qabul qilingandan keyin institutning o’zida bo’ladigan ingliz tili imtihonini topshirishingiz mumkin);
Hujjatlar birinchi bosqichdan o’tsa, ularning oroginal nusxalari institutga taqdim etilishi kerak.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni admissions@skoltech.ru manziliga yo’llashingiz mumkin.