×

Moskvadagi Skolkovo Fan va Texnologiya institutida magistratura uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

01.06.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3700 marta

Moskva yaqinidagi Skolkovo Fan va Texnologiya instituti 2011-yil AQShning nufuzli Massachusets Texnologiya instituti bilan hamkorlikda ochilgan. U quyidagi yo’nalishlar bo’yicha Rossiya fuqarolari va xalqaro talabalardan magistratura darajasida o’qish granti uchun hujjatlarni qabul qiladi:

Axborot texnologiyalari;
Energiya va texnologiya;
Fazo va texnologiya;
Biotibbiy fanlar va texnologiya.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qimoqchi bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olganlar bepul ta’lim, stipendiya va tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Grantga Rossiya va xorijiy davlat fuqarolari topshirishi mumkin. Ularga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • Hujjat topshirilayotgan yo’nalishga yaqin sohadan bakalavr darajasi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish (TOEFL iBTdan kamida 79, IELTSdan 6,5 talab qilinadi. TOEFL uchun institut kodi: 2909);
  • GRE testini topshirgan bo’lish shart emas, ammo GRE testi grant yutish imkoniyatini oshiradi (GRE uchun institut kodi: 1294);

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar intertet orqali SHU YERDA 2015-yil 1-iyungacha (Rossiya fuqarolari uchun 15-iyun) topshirilishi kerak. Anketani to’ldirishdan oldin saytda ro’yxatdan o’tish lozim. Anketaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • Rezyume;
  • Uchta tavsiyanoma;
  • O’qishdan maqsadlaringiz ifodalangan qisqa insho (Statement of Purpose);
  • Bakalavr diplomidan nusxa;
  • Hozirgi yoki avvalgi o’qish joyidan olingan baholar varaqasi (Inglizchaga tarjimasi bilan);
  • TOEFL yoki IELTS natijalari (Agar TOEFL yoki IELTS imtihonlarini topshirmagan bo’lsangiz, hujjatlaringiz qabul qilingandan keyin institutning o’zida bo’ladigan ingliz tili imtihonini topshirishingiz mumkin);

Hujjatlar birinchi bosqichdan o’tsa, ularning oroginal nusxalari institutga taqdim etilishi kerak.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni admissions@skoltech.ru manziliga yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!