×

Germaniyada magistraturani o’qish uchun DAAD grantlari!


Grant

MUHLAT

31.10.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

42632 marta

Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan talabalarga Germaniya universitetlarida magistraturada oʻqish uchun “Master Studies for All Academic Disciplines” grantini taqdim etadi. Taklif etilayotgan universitetlarda ingliz yoki nemis tilida tahsil olish mumkin. Hozirda 2024-yildan boshlanadigan magistratura dasturlari uchun DAAD grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Nomzodlar DAAD grantlariga hujjat topshirishda bir vaqtning oʻzida 1 tadan 3 tagacha universitet / yoʻnalishga ariza topshirishi mumkin.

Ushbu grantlar tanlangan dasturga qarab, talabaning Germaniyada oʻqishini 10-24 oy davomida moliyalashtiradi.

Mazkur grant quyidagi 4 ta yoʻnalishdan boshqa barcha yoʻnalish uchun taqdim etiladi:

Yuqoridagi 4 ta yoʻnalish boʻyicha DAAD grantlariga ariza topshirmoqchi boʻlsangiz, yoʻnalish ustiga bosing, shunda batafsil maʼlumoto chiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

DAAD grantini qoʻlga kiritganlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Oyiga 934 yevro stipendiya.
  • Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
  • Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik toʻlov (260-460 yevro).

Ayrim hollarda, yuqoridagi imtiyozlardan tashqari quyidagi qoʻshimcha moliyaviy yordam ham berilishi mumkin:

  • Ijara haqi uchun oylik mablag.
  • Oila aʼzosi uchun qoʻshimchamablagʻ.
  • Nogironlik yoki surunkali kasallik subsidiyasi.

Shuningdek, talaba Germaniyada vaqti nemis tilini oʻrganishi uchun DAAD quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:

  • Onlayn nemis tili kursi toʻlovi toʻlab beriladi.
  • Zarur hollarda, Germaniyada oʻqishni boshlashdan avval nemis tili kursi (2, 4 yoki 6 oy).
  • Germaniyada oʻqish vaqtidagi shaxsan tanlangan nemis tili kursi toʻlovi uchun mablagʻ.
  • TestDaF yoki DHS imtihoni toʻlovi qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Qoidaga koʻra, nomzodning universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan boʻlishi kerak. 2025-yilda bakalavriatni tugatuvchi nomzodlar ham ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod oʻzi tanlagan universitet(lar)ining qabul talablari, jumladan, til talablariga mos boʻlishi lozim. Shuningdek, DAAD grantiga ariza topshirish vaqtida ham tegishli til sertifikatiga ega boʻlishingiz kerak (nemis tilida oʻqishni tanlasangiz, TestDaF, DHS, Goethe-Zertifikat va h.k.; ingliz tilida oʻqishni tanlasangiz, IELTS, TOEFL, PTE va h.k.).
  • Ariza topshirish vaqti holatiga koʻra, Germaniyada 15 oydan ortiq muddat davomida yashab kelayotganlardan arizalar qabul qilinmaydi.

Qabul talablari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin (“Application requirements” boʻlimi).

Dasturga qabul jarayoni:

Bu dasturga arizalar 2024-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni quyidagicha:

  • Dastlab, bu yerdan oʻzingizga mos universitet va yoʻnalishni toping oling. 3 tagacha universitet tanlash mumkin.
  • Keyin ariza topshirish portalida roʻyxatdan oʻtish va hisob (account) ochish kerak.
  • Keyin portaldagi hisobingiz orqali kerakli hujjatlarni topshiring.

Qanday hujjatlar topshirish kerakligi va ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishing (“Application procedure” va “Submitting an application” boʻlimladi).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!