Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan talabalarga Germaniya universitetlarida magistratura va PhD darajasi boʻyicha oʻqish uchun grantlar taqdim etadi. Taklif etilayotgan universitetlarda ingliz yoki nemis tilida tahsil olish mumkin. Hozirda 2022-yildan boshlanadigan magistratura va PhD dasturlari uchun DAAD grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Nomzodlar DAAD grantlariga hujjat topshirishda bir vaqtning oʻzida 1 tadan 3 tagacha universitet / yoʻnalishga ariza topshirishi mumkin.
Magistratura kurslarida oʻqish 12-24 oy, PhD bosqichida oʻqish esa 42 oyni tashkil etadi.
Nomzodlar tanlashi mumkin boʻlgan universitet va yoʻnalishlar soni nihoyatda koʻp, shuningdek, ularga hujjat topshirish sanalari ham turlicha. 2022-2023-oʻquv yili uchun taklif etilayotgan universitet va yoʻnalishlar, ularga qabul sanalari bilan BU YERDA tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktorantura uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
DAAD grantini qoʻlga kiritganlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
- Oylik stipendiya (magistrlar uchun 861 yevro, PhD bosqichi uchun 1200 yevro).
- Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
- Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
- Tadqiqot va izlanish xarajatlari uchun har semestrda 230 yevro mablagʻ.
Talablar:
Nozmod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi bo’lish. Ular orasida O’zbekiston ham bor.
- Davlat organlarida yoxud xususiy yoki davlat tashkilot / kompaniyalarida asosiy eʼtibori texnologiyalar, iqtisodiyot yoki ijtimoiy sohalarga oid rivojlanish siyosatlariga qaratilgan loyihalar va dasturlarni rejalashtirish va ijro etish bilan bogʻliq sohalarda ishlayotgan boʻlishi kerak.
- Oʻzi topshirayotgan sohaga aloqador bakalavrlik diplomi / darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Ariza topshirish vaqtida bakalavrait yoki magistraturani tugatganiga 6 yildan oshmagan bo’lishi kerak.
- Bakalavriatni tamomlagandan so’ng kamida 2 yillik tegishli mehnat tajribasiga ega bo’lish kerak.
- Bakalavriatni oʻrtacha bahodan (50% dan) ancha yuqori bahoga bitirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan kurs uchun yetarli darajada tegishli tilni bilishi kerak. Ta’lim nemis yoki ingliz tilida olib boriladi. Shunda qarab, nomzoddan tanlangan kurs uchun qabul qilingan ta’lim tilini yaxshi bilishi talab qilinadi. Odatda kamida IELTS 6 yoki 6.5; TestDaF 4 soʻraladi.
- Shuningdek, nomzod oʻzi topshirayotgan universitetning qabul talablariga ham mos boʻlishi kerak.
Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
DAAD grantlari uchun talab etiladigan hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri nomzod ariza topshirayotgan universitetga taqdim etiladi. Universitetlarda qabul onlayn tarzda amalga oshiriladi. Qabul muddatlari universitetga qarab nihoyatda farq qiladi. Mavjud universitet / yoʻnalishlar va ularga qabul muddatlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Shuningdek, nomzod oʻzi tanlagan universitetning qabul talablari bilan ham tanishib chiqishi lozim.
DAAD granti uchun universitetga topshiriladigan hujjatlar quyidagilar:
- Toʻldirilgan, joriy sana (ariza toʻldrilgan sana) qoʻyilgan va imzolangan DAAD arizasi shakli. Agar bittadan koʻp universitet / kursga topshirayotgan boʻlsangiz, arizada ularning oʻzingiz uchun ustunligi boʻyicha ketma-ket sanab oʻtasiz va bu ketma-ketlikni keyinchalik oʻzgartirmasligingiz lozim.
- Imzo chekilgan va joriy sana qoʻyilgan CV (CV Europass tizimi formatida tayyorlangan boʻlishi kerak).
- Imzolangan va joriy sana tushirilgan motivatsion xat. Xatda hozirgi lavozimingiz va tanlagan kurs(lar)ingizga ham toʻxtatil oʻtishingiz kerak; xat maksimal 2 bet boʻlishi kerak. Agar 1 tadan koʻp kursga ariza topshirayotgan boʻlsangiz, xatda nega shu kurslarni tanlaganingiz va ularning siz uchun ketma-ketlikdagi ustunligi (ahamiyati) sabablarini yoritib berishingiz kerak.
- Hozirgi ish joyingizdan tavsiyanoma; tavsiyanoma rasmiy blanka (tepasida tashkilot emblemasi va kontakt maʼlumotlari tushirilgan shak)ga yozilishi, imzo va muhr bilan tasdiqlanishi hamda joriy sana ham qoʻyilishi kerak.
- Ish beruvchi(lar)ingizdan ishlagan muddatingizni koʻrsatuvchi va ariza topshirayotgan vaqtingizda bakalavrdan keyin 2 yillik ish tajribasiga egaligingizni isbotlovchi maʼlumotnoma. Hamda, agar imkoni boʻlsa, ish beruvchingizdan oʻqishni bitirib qaytganingizdan keyin yana qayta ishga olish haqida maʼlumotnoma.
- Til sertifikati: ingliz tilida oʻqish uchun topshirayotgan boʻlsangiz IELTS yoki TOEFL, nemis tilida oʻimoqchi boʻlsangiz, TestDaF yoki DSH. DAAD kamida IELTS 6, TOEFL PBT 550, TOEFL iBT 80 yoki TestDaF 4 / DSH 2 daraja talab qiladi. Biroq tanlagan universitetingizdagi til talablari bundan yuqori boʻlishi mumkin. Shu sababli til sertifikatingiz darajasi tanlangan universitetdagi til talabiga mos boʻlishi kerak.
- Tugatgan oliy taʼlim bosqich(lar)ingizning diplomlari va ularning ilovalari. Agar ingliz / nemis tilida boʻlmasa, notarial tarjima qilinishi kerak.
Tanlagan universitet / yoʻnalishingizga qarab, ayrim boshqa qoʻshimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. Bunday talablarni koʻrib olish uchun maxsus BROSHYURA va topshirmoqchi boʻlgan kursingiz veb-sahifasini koʻrib chiqing (qoʻshimcha hujjat talab qilinsa, yozilgan boʻladi).
Hujjatlarning barchasi yo ingliz, yoki nemis tilida boʻlishi lozim. Hujjatlar tarkibi, ularga qoʻyilgan talablar, hujjat topshrish jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishing.
MUHIM: Ariza topshirishni boshlashdan oldin maxsus BROSHYURA va DAAD stipendiyasi saytidagi maʼlumotlar bilan albatta tanishib chiqing.